Maltofer sirop

#Maltofer sirop


#Малтофер сироп


?Dori shakli : Sirop


?Tarkibi ?


Temir lll gidroksid polimaltizat moddasi.


?Ta’siriga ko’ra ?


Anemiyaga qarshi vosita . Kamqonlikka davo sifatida qabul qilinadi.


?QO’LLANILISHI ?


— Qonda gemoglobin miqdori ni ko’taradi va temir moddasi zaxirasini ta’minlaydi.


— Temir tanqisligi anemiyasida qabul qilinadi.


— Temir yetishmovchiligi anemiyasiga bog’liq bo’lmagan boshqa kamqonliklarda


— Xomiladorlik va emizish davridagi kamqonlik holatlarda qabul qilinadi.


— Donor bo’lganda , ya’ni qon topshirganda yo’qotilgan qon o’rnini to’ldirish maqsadida


— Organizmning jadal o’sish davrida buyuriladi.


— Temir moddasi tanqisligida buyuriladi


?QABUL QILISH USULI ?


Siropni ovqatlanish vaqtida yoki ovqatlanib bo’lgach 30 daqiqadan keyin qabul qilish mumkin.


1 yoshgacha bo»lgan bolalarda 2,5 — 5 ml kuniga qabul qilinadi.


1 yoshdan 12 yoshgacha bo’lganlarda 5 — 10 ml kuniga buyuriladi.


12 yoshdan kattalarga 10 — 30 ml kuniga buyiriladi.


Kattalar va emizikli ayollarga kuniga 10 — 30 ml buyuriladi.


Homilador ayollarga kuniga 20 — 30 ml gacha buyiriladi.


?NOJO’YA TA’SIRI ? ?


— Axlat rangining o’zgarishi


— Ko’ngil aynish va qusish holatlari


— Diareya holatlari


❌QO’LLASH TAQIQLANADI ?


— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda


— Temir moddasi miqdori organizmda ortiqcha bo’lganda


— Temir moddasi ning organizmda almashinuvi buzilishida


— B 12 vitamini yetishmaslik oqibatidagi kamqonlikda


— Fruktozani o’zlashtira olmaslik kabi holatlarda


? ADMIN MASLAHATI ?


Preparatni o’tkir jigar kasalliklarida , bosh miya travmalarida va bosh miya kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan kasallik holatiga qarab va bemor xolatiga qarab mutaxassis maslahati bilan qo’llash kerak.


Homiladorlik davrida qabul qilish mumkin.


?Qo»llash — retsept bilan


?Ishlab chiqaruvchi — Shveytsariya


Maltofer preparati kapsula va tabletka ko’rinishida ham chiqadi.??


Maltofer tabletkasi va kapsulasining ta’siri ham xuddi maltofer siropi kabidir.


@Farmakologiya_TTA


,, ТАБЛЕТКА » канали