Ayrim insonlarda prostataning tug‘ma o‘smay qolganligi yoki nimjonlanib qolishi jinsiy qobiliyatda aks etishi mumkin.
Lekin, prostata bezidagi asab tolalarining uchlari va asab tugunlari uning ba’zan unchalik ahamiyatga ega bo‘lmagan patologik o‘zgarishlarga ham sezgirligini ta’minlaydi. Hatto surunkali ich qotishi yoki bavosil kasalligi prostata bezida vaqtinchalik jinsiy noqobillik tug‘dirishi mumkin.
Keksalikda jinsiy bezlar faoliyati susayganda prostata bezining faoliyati ham pasayadi. Uning yopishqoq to‘qimasi qisman biriktiruvchi to‘qima bilan aralashib qoladi. Ellik yoshdan oshgada ba’zan uretra atrofi bezlari
o‘sib ketadi. Bu bezlar, ma’lumki, prostataga taqalib turadi. Natijada prostatada shishga o‘xshash bezarar hosila (adenoma) paydo bo‘ladi. Adenoma jom, ya’ni qovuqdagi ulanish apparatini siqib, uning normal faoliyatini buzadi. Bunda siydik chiqarish qiyinlashadi. Adenoma to‘g‘ri ichakni qisib qo‘yishi oqibatida esa, keksalarda ich qotishi yuzaga keladi.
Prostata bezi faoliyatining buzilishi ulg‘aymagan kishilarda ham kuzatiladi. Buning boisi bavosil kasalligi, jinsiy yaqinlikdan tiyilib yurish, zahar tang‘iganda tutib yurish odatda, surunkali qabziyat, oz harakatli turmush tarzi, ovqatlanishdagi betartiblik va spirtli ichimliklarga ruju qo‘yishdir.
Prostatit bu – prostata bezining yallig‘lanishidan kelib chiquvchi kasallik bo‘lib, hozirgi kunda dunyo bo‘yicha 73-90 foiz erkak aynan shu xastalikdan aziyat chekadi.
Prostatit kasalligi bezga
siydik pufagi;
siydik yo‘li;
to‘g‘ri ichak;
qon tomirlari va kichik tozning limfa tomirlari orqali infeksiya tushish yo‘li bilan paydo bo‘ladi.
Prostata bezining yallig‘lanishi o‘tkir shamollash kasalliklari belgilari bilan kechadi. Bunda bemorning tana harorati 38-39 darajagacha ko‘tarilishi, hojat chiqarayotganda orqa teshikda qattiq og‘riq paydo bo‘lishi mumkin. Aksariyat hollarda kasallik surunkali ravishda kechgani uchun erkaklarni hech narsa bezovta qilmaydi. Bunday paytda bemorda yuqoridagi belgilar kuzatilishi, ba’zan esa umuman og‘riq sezilmasligi mumkin:
tana harorati 37 darajagacha ko‘tarilishi;
tez-tez hojatga borish, borganda tomchilab siydik kelishi (dizuriya);
og‘riq bilan qiynalib siyish;
qovuq bo‘shlig‘i oralig‘ida og‘riqlar paydo bo‘lishi.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Chaqaloqning ona sutidan keyingi ozuqasi…
Prostata bezi ishlab chiqargan suyuqlik qonga so‘rilmagani uchun ushbu kasallik bilan og‘rigan erkaklarda ereksiya buzilishi kuzatiladi. Surunkali prostatitdan aziyat chekayotgan erkaklarda asablar tarangligi, ko‘ngil to‘lmaslik, sal narsaga ”tutab“ ketish holatlari ko‘p uchraydi. Shuning uchun bunday bemorlarni davolovchi shifokor nafaqat tajribali urolog, balki yaxshi ruhshunos bo‘lishi darkor.
Prostatit kasalligi profilaktikasi
Agar bemor vaqtida shifokorga murojaat etmasa, keyinchalik prostata bezida yiringlash paydo bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda tana harorati 39-40 darajagacha ko‘tarilib, siydik yo‘llarida qattiq og‘riq seziladi.
Shuni unutmaslik kerakki, kasallikning surunkali turi murakkab kechishi bilan xavflidir. Bu kasallik ko‘p yillar mobaynida inson tanasida yashirin kechgani bois o‘zini sezdirmaydi. Shuning uchun ham ko‘p erkaklar o‘zlarida prostata bezi borligini bilishmaydi. Vaqt o‘tgan sari bezning yallig‘lanishi hisobiga vaziyat yanada murakkablashib boraveradi. Erkak organizmida kechayotgan bu jarayon keyinchalik siydik yo‘liga o‘tib, quyidagi kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin:
sistit (qovuqning yallig‘lanishi);
piyelonefrit (buyrak va buyrak jomchasi
shilliq pardasining yuqoridan pastga qon
orqali tushuvchi yoki pastdan siydik yo‘lidan yuqoriga ko‘tariluvchi
infeksiya orqali yallig‘lanishi);
vezikulit (urug‘ pufakchalarining yallig‘lanishi);
epididimoorxit (moyaklar va ularning ortiqlari (pridatkalari)ning yallig‘lanishi).
Yuqorida sanab o‘tilgan kasalliklar erkaklarda bepushtlikni keltirib chiqaruvchi omilga aylanadi. Tabiiyki, bunday bemorlarning davolanishi qiyin kechadi. Eng achinarlisi, o‘z vaqtida shifokor ko‘rigidan o‘tish va salomatligini mustahkamlashga jiddiy yondoshmagan ba’zi erkaklar bepushtlik dardiga chalinishlari mumkin. Shu bois har bir erkak yilda kamida bir marta urolog, androlog hamda seksopatolog ko‘rigidan o‘tishga odatlanishi kerak.
Prostatit kasalligini davolashning zamonaviy usullari
Hozirgi kunga kelib, prostatitdan aziyat chekayotgan bemorlar og‘riqsiz va samarali davolash usullari yordamida shifo topmoqdalar. Buning uchun avval ularni quyidagi tekshiruvlardan o‘tkazish lozim:
kompyuter orqali skaner qilish;
uch tomonlama ultratovush tashxisi;
Immunofermentli muolaja – PSA (prostata maxsus antigeni).
Bemorning yakuniy natijalarini o‘rganib chiqqach, unga prostatit, adenoma,
ya’ni giperplaziya (bez to‘qimadan vujudga kelgan o‘sma) yoki prostata bezi
saratoni deb aniq tashxis qo‘yish mumkin.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Parhez sizga mosmi?