Quyon va maymun

Qurg‘oqchilik natijasida o‘rmon hayvonlari ochlikdan qiynala boshlashibdi. Ikki do‘st — quyon bilan maymun birga yashamoqchi bo‘lishibdi. Chunki birgalikda ovqat topish birmuncha oson bo‘ladi-da.
Maymun bahaybat baobab daraxtining uchiga kichkinagina uycha qurib olibdi. Ikki do‘st o‘sha yerga joylashishibdi. Ikkalasiniyam keksayib qolgan onalari bor ekan. Ikkala ona ham o‘sha uychaga joylashishibdi.
Maymun bilan quyon yemish topgani birga borisharkan. Topgan-tutganlarini olib kelib onalari bilan baham ko‘risharkan.
Kunlarning birida maymun bunday razm solsa, onasi ancha oriqlab qolganmish. Topgan yemishimiz to‘rt jonga kamlik qilyapti, quyonning onasini o‘ldirish kerak, degan qarorga kelibdi maymun. Do‘sti yo‘qlik paytini poylab turib, arqonga tirmashib uychasiga chiqibdi-da, quyonning onasini o‘ldiribdi, o‘likni esa yer¬ga tashlab yuboribdi.
— Nega unday qilding?— depti maymunning ona¬si zor-zor yig‘lab.
— Uni o‘ldirmasam, sizga qiyin bo‘lyapti. Qarang, cho‘pdek ozib ketibsiz. Topgan yemishimiz ikkalangizga yetmayapti-da! Ozib ketayotganingizni ko‘rib, chidab turolmadim.
— Har nima bo‘lganda ham yaxshi ish qilmading, bolam!— depti unga onasi.
— Menga qarang, ona!— depti maymun onasiga.— Agar do‘stim kelib, onasini so‘rasa, onangni anavi yirtqich qoplon yeb ketdi, deysiz, xo‘pmi?!
Quyon ovdan qaytib, onasini ovqatlantirgani uycha¬ga endi chiqay deb turganida, maymun unga:
— Qoplon arqonni chaynab tashlabdi, do‘stim kuyon, judayam chaynamagan bo‘lsayam har holda arqon zo‘rg‘a turibdi, u bilan yukoriga chiqolmaysan,— depti.
Quyon avval uniig gapiga ishonibdi. Keyin shubha- lanib qolipti. Axir, onasi och qoladi-ku! U maymunga har kungidan kechroq qaytishini axytgan ekan, aslida ancha vaqtli qaytib kelib, arqonga osilib bemalol uychaga chikibdi. Maymuniing onasi bo‘lsa bolasi o‘rgatgandek qilib quyonnn aldabdi.
Bechora quyon o‘kirib yig‘labdi. Yig‘lab-yig‘lab oxiri umriniig so‘ngigacha pastga tushmaslikka qaror qilibdi.
Maymun ovdan qaytib kelib, yig‘lab o‘tirgan quyonni ko‘ribdi-da, uni uychadan quvibdi. Lekin quyon ketmay turib olibdi.
— Qoplon seniyam yeb ketadi,— deb qichqiribdi u quyonga.
— Yesa yesin, endi menga baribir! O‘lsam kuyadigan mehribonim yo‘q,— debdi quyon.
— Esingni yeb qo‘yibsan!— depti maymun.
Quyon onasining o‘limi sababini o‘ylay-o‘ylay, o‘yining oxiriga yetolmabdi. Qancha ko‘p o‘ylagan sari, onasini qoplon yeganiga shubhalana boshlabdi.
Kunlarning birida, maymun uyda yo‘qligida, u maymunning onasidan sinchiklab so‘ray boshlagan ekan, ona yig‘lay-yig‘lay bo‘lgan voqeani so‘zlab beribdi.
— Bo‘lar ish bo‘pti. Onam endi baribir qaytib kelmaydi!— depti xo‘rsinib quyon.— Ammo do‘stligimiz tugadi. Men garchi maymundan o‘ch olishim lozim bo‘lsa-da, seni o‘ldirmayman, qo‘lim bormaydi. Endi ona-bola bu uyda yashayveringlar. Men endi o‘zimga boshka boshpana topay.
Shundan beri maymun tepada, daraxt ustida yasharkan. Quyon bo‘lsa yerda istiqomat qilarkan.