Mushukning doimiy xavf solishidan tushkunlikka tushgan sichqonlar muammolarini hal qilish uchun kengash chaqirishibdi. Ular birin-ketin bildirilgan rejalarni tahlil qilib, ularni rad eta berishibdi.
Oxiri bir yosh Sichqon mushukning bo‘yniga qo‘ng‘iroq osib qo‘yishni taklif qilibdi.
— Qanday ajoyib fikr, — deb qichqi¬rishibdi ular, — bu Mushuk kelganda qochish uchun juda yaxshi ogohlantirish!
Ular bu taklifni zavq-shavq va olqish¬lar bilan qabul qilishibdi. Shunda keksa bir Cichqon o‘rnidan turib:
— Bu rostdan ham juda yaxshi maslahat va, shubhasiz, bizning muammomizni hal qiladi, — debdi. — Biroq Mushukning bo‘yniga qaysi birimiz qo‘ng‘iroqni ilamiz?!
Qissadan hissa: Taklif qilish bosh¬qa, uni bajarish boshqa.
Ezop masallari