Аgar gemoglobin kam boʼlsa, tana kislorodga toʼyinmaydi. Yurak, miya, boshqa organlar gipoksiyadan aziyat chekishni boshlaydi. Bu ularning ishlashi va umumiy his qilish holatiga salbiy taʼsir koʼrsatadi. Va quyidagi anemiyaga (gemoglabin yetishmovchiligi) xos alomatlar paydo boʼla boshlaydi:
▪️ Xolsizlik
▪️ Umumiy zaiflik
▪️ Bosh aylanishi
▪️ Fikrlashda oqsash. Tez-tez yomon xayollar qurshovida boʼlish
▪️ Jismoniy kuchsizlanish yaʼni charchoqning tez boshlanashi
▪️ Sovuq qoʼl va oyoqlar
▪️ Juda rangpar boʼlib qolganingizni aytishadi (yoki oʼzingiz sezasiz)
▪️ Milklardagi rangi oʼchganlik alohida aks etadi — ularda och pushti, oqqa moyil rang paydo boʼladi
▪️ Nafas qisishi oson va tez-tez sodir boʼladi
▪️ Yurak urishingiz tezlashadi. Yoki baʼzida yurak zarbalar qabul qilayotganday tuyiladi.