Turshak haqida
#Oʼrik va uning shifobahsh jihatlari
#Ikkinchidir hoʼl-issiqda, olgin yod,
#Qorin ichra qoʼzgʼar doim u fasod.
#Suvin ichsa, ketar chanqoq ogʼizdan,
#Bavosili naf undagi magʼizdan.
#Moybeh bilan mastikayu anisum,
#Islohi deb zikr qilar, bil, «Qonun».
??Hakim Davoiy al-Gʼiloniy.
?Qadim zamonlardan buyon xalq tabobati amaliyotida oʼrik mevasi va
uning magʼzi yurak, xafaqon, kamqonlik, darmonsizlikda shifobahsh neʼmat
hisoblangan. Oʼrik pektin moddalarga boy boʼlib, u oʼz navbatida kishi
organizmidagi zaharli ogʼir metall tuzlarining chiqib ketishiga yordam
beradi. Shu jumladan, radioaktiv moddalardan aʼzolarni musaffolashtiradi. Oʼrik mevalari tarkibida deyarli barcha darmondorilar mavjud. Аgar kishi bir kunda 100 gramm oʼrik isteʼmol qilsa, organizmning vitaminlarga boʼlgan bir kecha-kunduzlik ehtiyojini qondiradi.
?Shuncha miqdorda isteʼmol etilgan oʼrik 250 gramm sarxil mol jigari kabi qon tarkib topishiga yordam beradi. Olimlarning taʼkidlashlaricha, oʼrik mevasi barcha tabiat mevalari ichida pangam kistotasi – vitamin V15 ni saqlaydigan yagona manba hisoblanadi.
?Bu vitamin sariq kasali, jigar sirrozi, turli xil zaharlanishlarni, yurak qon-tomiri kasalliklarini, aterosklerozni, modda almashinuvi, meʼda-ichak yoʼli kasalliklarini davolashda va keksa yoshdagi kishilarning tez qarimasligini ragʼbatlantiruvchi vosita sifatida
foydalaniladi. Oʼrik tarkibida shuningdek, kaliy, natriy, magniy, fosfor, oltingugurt, kalьtsiy, mis, rux, marganets, kobalьt, ftor va yod moddalari mavjud boʼlib, ular inson organizmining hayotiy faoliyatida juda muhim ahamiyatga ega. Oʼrikning magʼzi esa javharlarga boy boʼlib, ular inson vujudidagi xolesterinni chiqarib tashlashda yordam beradi. Oʼrik baʼzi dori moddalar – kamfora va gormonlar tayyorlashda, yelimi esa yogʼli emulьsiyalar tayyorlashda emulьgator sifatida ishlatiladi. Аchchiq danakli oʼrik urugʼi esa achchiq bodom suvi tayyorlashda ishlatiladi. Oʼrik danagining poʼchoqlaridan aktivlashtirilgan koʼmir olinadi. Vatanimizda oʼstiriladigan oʼrik navlari quritiladigan (bodomi, subxoni, isfarak, xurmoyi, qandak), konserva qilinadigan (vengerskiy, korolevskiy, krasnoretskiy) va hoʼlligicha yeyiladigan (arzami, abrikos, oq oʼrik, ahrori, oq nuqul, ruhi javon)
xillariga boʼlinadi. Keyingi yillarda esa oʼrikning yangi Yubileynыy, Zarya
Vostoka va Navoiy navlari ham yetishtirilgan.
?Oʼrik quritish usuliga qarab, turshak, bargak, qaysa va chalpak yoki pashtak deb ataluvchi turlarga boʼlinadi. Danagi bilan quritilgan oʼrik turshak, oʼrikning etini ajratib, danagi olingan boʼlsa — bargak, oʼrikning
danagi sitib chiqarilgan boʼlib, quritilgani esa qaysa deyiladi.
?Chalpak yoki pashtak tayyorlash uchun oʼrik 2-3 kun soʼlitiladi, soʼngra danagi meva bandi oʼrnidan sitib chiqariladi va ichiga danak magʼzi (yoki yongʼoq magʼzi) joylanib quritiladi.
??Quyida oʼriklardan tayyorlanadigan shifobaxsh neʼmatlar xaqida maʼlumot beramiz:
?1. Turshak ivitmasidan yohud oʼrikdan tayyorlanadigan chuli (kompot)
ichish qon bosimini maʼlum darajada tushiribgina qolmay, balki
yurakka quvvat berib, oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilaydi va ich
qotish (qabziyat) dan xoli qiladi.
?2. Turshakni ivitib qoʼyib ichilsa, ichni yumshatib, siydik ajralishini
kuchaytiradi, buyrak-tosh, gipertoniya va sariq kasalliklarida ichilsa,
juda foydalidir.
?3. 2 litr suvga 1 kG oʼrik solib, 1 soat mildiratib qaynatiladi. Xosil
boʼlgan qaynatmani ich qotishda ichni yumshatish uchun 1 stakandan kuniga uch marta ichiladi. Bu qaynatma ayniqsa, kechasi ichib yotilsa, nafi koʼproq boʼladi.
?4. Xitoy tibbiyotida oʼrik haroratni tushiruvchi, balgʼam koʼchiruvchi,
ovqat xazm qilishni yaxshilovchi va yengil surgi sifatida ishlatiladi.
?5. Аchchiq danakli oʼrik magʼzidan tayyorlangan preparat achchiq bodom suvi oʼrnida meʼda-ichak ogʼriqlaridan xoli qiluvchi va tinchlantiruvchi
vosita sifatida ichiladi.
?6. Oʼrik yegandan soʼng, sovuq suv ichish, muz yoki qor yeyish mumkin emas va
oʼrikni hazmi ogʼir taom ustiga yeyish juda ham zararlidir.
?7. Nahorga, och qoringa oʼrik yeyish sogʼliq uchun yomon hisoblanadi. Bu
mevani davomli ravishda yeyish esa ichaklarning ichki devorini yalligʼlantiradi.
?8. Qandli diabeti bor hamda ortiqcha semirib ketgan odamlarga oʼrik isteʼmol qilish tavsiya etilmaydi.