Amerikadagi Marshall universiteti olimlarining xulosasiga ko’ra, tarkibiga yong’oq qo’shilgan parhezlar sut bezlari saratoni xavfini ikki barobarga kamaytiradi. Tadqiqotchilar laboratoriya kalamushlarida tajriba o’tkazdilar. Urg’ochi kalamushlarga bo’g’oz paytidan boshlab to emizish davri tugaganicha yong’oq berib turdilar. Aniqlanishicha, kemiruvchilarda bu paytda o’sma paydo bo’lgan taqdirda ham xavfsiz bo’lar ekan. Tadqiqotchilar ayollarga kuniga 50-55 g yong’oq iste`mol qilishni tavsiya qiladilar. Bundan tashqari, yong’oq yurak qon-tomir kasalliklarining ham oldini olib, hatto prostata bezi saratonida ham foyda berar ekan.