Chekishni tashlashga 10 qadam

Ma’lum bir vaqtga chekishni tashlash bo’yicha qaror qabul qiling va uni bajaring.

Chekishni tashlashingiz oqibatida bosh aylanishi, titroq, bosh og’rig’I va tomoq qurishi kutilishi mumkin, e’tibor bermang, bir ikki hafta ichida o’tib ketadi.

O’zingizni birinchi kunlarini o’tkazishda yordam bermoqchi bo’lsangiz, doimo ma’lum bir ish bilan band bo’ling. Kuldon, sigaret va gugurtni  yig’ishtirib qo’ying.

Ko’p suv iching. Ish vaqtida qo’lingizga stakan suvini ushlab oling va doimo tomog’ingizni xo’llab turing

Aktiv bo’ling. Sayr qiling, yuguring yoki sportning boshqa turlari bilan shug’illaning. U sizni erkin his etishga yordam beradi.

Chekishni tashlash evaziga iqtisod qilingan pulni, boshqa zaruriy maqsadga sarflang.

 Doimiy ish kuni tartibingiz va odatlaringizni o’zgartiring. Iloji boricha oldin sigaret sotib olgan do’konga yaqinlashmang.

Bir dona chekib qo’yay degan odatni tashlang.

Semirib ketishdan saqlaning. Odatda, oldingi chekuvchilar chekishni tashlagandan so’ng, semirib ketadilar.

Esda tuting, har bir sigaretsiz o’tgan kun –sizning sog’ligingiz, daromadingiz va hamkasblaringiz shuningdek turmush o’rtog’ingiz uchun ham yaxshi yangilik!


shifo.uz/article/chekishni-tashlashga-10-qadam