Behi mevalarining shifobaxshligi qadim zamonlardan ma`lum. O’simlik mevalari tarkibida 12% ga qadar qand, 5% ga yaqin organik kislotalar (olma.uzum ,limon kislotalari ), efir moylari, pektin va oshlovchi moddalar, vitamin C, temir, mis, kalsiy tuzlari mavjud. Behi urug’larida 20% ga qadar shilliq, glikozid amigdalin, 8% dan oshiq moy, bo’yoq moddalar bor. Xalq tabobatchiligida behi mevasining sharbati bilan, astma, yurak, sariq, xiqichoq, qorin og’rig’i dizenteriya kasalliklarini davolashgan. Bundan tashqari behidan bedarmonlik, kamqonlik, yo’tal, me`da jigar va buyrak kasalliklarini davolashda ham foydalanilgan.
