Abu Ali ibn Sino yong‘oq haqida shunday degan: «Yaprog‘i va qobig‘i burishtiruvchi bo‘lib, qon oqishiga qarshi foydasi bor. O‘g‘i el yaraga, sarmasga va ko‘z atrofidagi yaralarga malham bo‘ladi. O‘ng‘oqning murabbosi mijozi sovuq me’da uchun (buyrakka ham) foydali, gijjalarni haydaydi».
Ulug‘ tabib yong‘oq bargi shirasini iliq holda quloq ichi yiringlaganda tomizgan, po‘stidan tayyorlangan qaynatmani esa bachadondan qon ketishini to‘xtatishda qo‘llagan.

Mag‘zi. O‘ng‘oq mag‘zi tarkibida yog‘, oqsil, temir va kobalьt, S, A, R, E kabi vitaminlar mavjud. Mevaning mag‘zi erkaklarda jinsiy quvvatni oshiradi, buning uchun kuniga 10-12 ta yong‘oq eb turish tavsiya etiladi. Ayniqsa, mag‘zini maydalab, asal bilan aralashtirib kuniga 3-4 osh qoshiqdan eb turilsa, tanaga quvvat beradi. Shuningdek, prostata bezi yallig‘lanishi, adenoma, oshqozon-ichak, jigar va buyrak kasalliklarining oldini olishda ham yong‘oq eyish tavsiya qilinadi. Ateroskleroz, yurak-qon tomir dardlari, semizlik, kamqonlikka duchor bo‘lishni istamaganlar uchun yong‘oq bebaho ko‘makchi.
