Zaytun haqida 10ta fakt

1. Inson tsivilizatsiyasing ilk qadamlari deb bemalol zaytun mevasini madaniylashtirilishini e’tirof etish mumkin, arxeologlar ma’lumotlariga qaraganda miloddan avvalgi 3000 yillarda Kritda zaytun o‘stirila boshlangan. Ancha vaqt zaytunni Kritda va Siriyada alohida o‘stirib kelishgan.

Zaytun haqida 10ta fakt

2. Zaytun ancha vaqt davomida Minoy podshoxligining asosiy daromad manbaasi bo‘lib kelgan. Keyinchalik esa finikiyalik dengizchilar zaytunni O‘rtaer dengiz qirg‘oqlari bo‘ylab tarqatib yuborganlar.

3. Qadimdan zaytun yog‘i diniy maqomga ega bo‘lib kelgan. Muxammad payg‘ambar ham zaytun yog‘ini o‘z izdoshlariga badanlariga surishni maslaxat qilganlar, xristian dinida esa zaytun yog‘i ko‘pincha moy surtish marosimlarida ishlatiladi. Ko‘p madaniyatlarda zaytun yog‘ini ko‘mishdan oldin murdalarga surishgan.


4. Ko‘chmanchilar Amerikaga (Yangi Yurtga )  uzum bilan birga shuningdek zaytunni ham olib ketishgan –zaytun nafaqat ozuqa sifatida balkim diniy marosimlarda ham ishlatilgan. Hozirgi kunda Kaliforniya O‘rta dengizdan tashqaridagi asosiy zaytun etkazib beruvchilar sirasiga kirib qolgan (ammo zaytun sifati unchalik yaxshi emas).


5. Zaytunning o‘rtacha umri – 500 yilni tashkil etadi, ayrim zaytun daraxtlari umr davomiyligi esa 1500 yilni tashkil etadi. Ierusalimdagi Zaytun (Eleon) tog‘idagi zaytun daraxtlari o‘rtacha yoshi taxminan 2000 yil deb baholanadi.


6. Yashil va qora zaytunlarning orasidagi yagona farq ularni etilganligidadir: etilgan zaytun mevalari qora rangda bo‘ladi.


7. Zaytun hosilining 90 foizi zaytun yog‘i ishlab chiqarish uchun ishlatiladi, va deyarli zaytun o‘stirish uchun ajratilgan erlarning 98 foizi O‘rtaer Dengiz xududida joylashgan. Umumiy xisobda Ovropada 500 mln.ga yaqin zaytun daraxtlar mavjud.


8. Zaytun mevasi noyabr – martda gullash vaqti tugaganidan so‘ng 6-8 oy o‘tgach teriladi. Agarda zaytun mevasi yog‘ ishlab chiqarish uchun etishtirilgan bo‘lsa u uzilgan zaxoti bosuvchi moslamaga jo‘natiladi. Shuningdek zaytun yog‘i – maxsus ishlovsiz iste’mol qilsa bo‘ladigan yagona yog‘ turi xisoblanadi.


9. Yangi terilgan zaytun mevasini iste’mol qilib bo‘lmaydi, chunki ular bu vaqtda juda achchiq bo‘ladi. Ularni iste’mol qilish uchun ishqorlash va/yoki dengiz tuzida yoki tuzli suvda konservalash kerak bo‘ladi. Bu amal meditsinada keng qo‘llanadigan oleuropein (masalan qon bosimini tushirish uchun) moddasini chiqarib yuborish uchun qilinadi, ushbu modda zaytun mevasida va barglarida mavjud bo‘ladi.


10. Har xil davlatlarda zaytunni qayta ishlash turli xil yo‘llar bilan amalga oshiriladi. Shunday qilib Yunonistonda zaytun mevalari ishqorlanmaydi, ular 6-12 oyga tuzlanadi, bunda ular juda kuchli ta’mga ega bo‘ladilar. O‘z navbatida Ispaniya yashil zaytun mevalari etilishidan avval teriladi va ishqorlanib fermentatsiya uchun namakobga solib qo‘yiladi.


Xolva.uz