Norvegiya Miya instituti olimlari miya uzoq vaqt davomida faol va yosh bo’lib qolishi uchun har kuniikki osh qoshiq o’simlik yog’ini iste’mol qilish kerakligini isbotladi.
Hamma gap qon tomirlarida (shu jumladan, bosh miyani oziqlantiruvchi mayda kapillyarlarda) xolesterin moddasining qolishiga qarshi kurashishda yordam beradigan F vitamini va hujayra membranalari qurilishida qatnashuvchi olein kislotasida. U asab to’qimalarining shikastlangan hujayralari yangilanishi va tiklanishiga yordam beradi, ya’ni miya neyronlarining yosharishi uchun javobgar hisoblanadi. Shuningdek, o’simlikyog’lari A (teri, ko’rish qobiliyati va immunitet uchun zarur bo’lgan) va E (antioksidant, infektsiyalardan himoya qiladi) vitaminlariga boy.
Quyida e’tiboringizga 7 ta eng foydali o’simlik yog’initaqdim etamiz
Zaytun yog’i. Ushbu yog’ning etiketkada ko’rsatiladigan kislotalilik darajasiga e’tibor qarating. U qanchalik past bo’lsa (0,8%gacha), yog’ shunchalik yuqori sifatli hisoblanadi. Zaytun yog’ini Qadimgi Yunonistonda “suyuq oltin” deb atashgan. Unda olein kislotasi juda katta miqdorda mavjud. Zaytun yog’i qizdirilganida kantserogenlarni deyarli hosil qilmaydi.
Kungaboqar yog’i. Letsitin moddasining eng yaxshi manbai. Ushbu moddabolaning asab tizimi shakllanishiga yordam beradi, katta yoshda esa aql faolligi varavshanligini saqlaydi. Shuningdek, letsitin anemiya va stresslarda kuchlarnitiklashga yordam beradi.
Makkajo’xori yog’i. U organizmdagi xolesterin almashinuvini juda yaxshitartibga soladi. “Yomon” qattiq yog’larning parchalanishiga yordam beradi. Makkajo’xori yog’ida fosfor hosilalari, ya’ni fosfatidlar bo’lib, ular miya uchun juda foydali hisoblanadi. Shuningdek, ushbu yog’ tarkibidagi nikotin kislotasi (RR vitamini) yurak-qon tomirlarining o’tkazish xususiyatini yaxshilaydi.
Xantal yog’i. O’zining bakteritsid xususiyatlari sababli nimagaqo’shilgan bo’lsa, o’sha mahsulotning uzoqroq saqlanishiga, yaralar va kuygan joylarning tezroq bitib ketishiga yordam beradi. Xantal yog’i isituvchi va yumshatuvchi xususiyatlarga ham ega bo’lib, bronxit va anginalar paytida u bilan ingalyatsiyalar qilish foydali. Biroq bu yog’ni ovqatga ko’p ishlatib bo’lmaydi. O’zining foydali xususiyatlariga qaramasdan, xantal yog’i tarkibida organizmdagi ovqat hazm qilish fermentlari tomonidan parchalanmaydigan kislotalar mavjud.
Zig’ir yog’i. O’simlik yog’lari orasida eng past kaloriyali bo’lib,ozish uchun mo’ljallangan parhezlarda foydalaniladi. Jigardagi toksinlarni chiqarishga yordam beradi. Tarkibidagi Omega-3 kislotasi miqdori bo’yicha baliq moyini ortda qoldiradi. Zig’ir urug’ida nitratlarni (masalan, sotib olingan meva va sabzavotlardagi) yo’q qiluvchi antioksidant mavjud.
Kunjutyog’i.Tarkibidagi kaltsiy moddasi bo’yicha yog’lar orasida chempion hisoblanadi. Uni ayollar yog’i ham deyishadi. Ushbu yog’, ayniqsa, homiladorlik davrida va gormonal o’zgarishlar paytida juda foydali. Qalqonsimon bez va podagra (bo’g’imlardagi zararli tuzlarni chiqaradi) kasalliklarida ahvolni yaxshilashga yordam beradi. Ammo kunjut qonning quyilish xususiyatini kuchaytiradi. Shu bois yurak kasalliklari va varikozga chalingan odamlar uni ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilishlari zarur.
Qovoq yog’i. Rux moddasining ajoyib manbai. Ushbu modda esaerkaklarda testosteron gormonining ishlab chiqilishiga yordam beradi. Qovoq yog’ini zaytun yog’i bilan aralashtirib, salatlarga qo’shish mumkin. Biroq bu yog’da qovurish tavsiya etilmaydi – ovqatingiz kuyib ketishi va undan yoqimsiz hid kelib turishi mumkin. Bundan tashqari, qovoq yog’ida selen moddasi ko’p. Yilning sovuq davrida u immunitetni oshiradi.