8 ta eng foydali quruq meva

Quruq mevada yangi uzilgan mevaning barcha foydali xususiyatlari saqlanib qoladi. Shu tariqa, bizda foydali moddalardan nafaqat yozda, balki yil bo‘yi ham bahramand bo‘lish imkoni bor.




1. Papayya shakarlangan mevasi (tsukat) butun organizmni mustahkamlab, oqsillar almashinuvini tezlashtiradi.


2.Quritilgan xurmo (finik) ish qobiliyatimizni oshiradi, shuningdek, qo‘shimcha foydali moddalarga ega bo‘lgani tufayli, shamollash va bosh og‘rishida og‘riqni qoldiruvchi vosita sifatida qo‘llanilishi mumkin. B5, E, H kabi vitaminlarga juda boy bo‘lgan holda, xurmo qoqi immun tizimini mustahkamlaydi hamda qishni faol va xushchaqchaq tarzda o‘tkazishda yordam beradi.


3.Quritilgan nok ichak faoliyatiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi, organizmdan toksinlar va og‘ir metallarni chiqarib tashlaydi.


4.O‘rik turshagi kaliyning tengsiz manbaidir; yurakka yaxshi ta’sir qiladi va onkologik kasalliklar profilaktikasi uchun ajoyib vosita hisoblanadi.


5.Quritilgan anjir qalqonsimon bez faoliyatini normallashtiradi, organizmdan parazitlar chiqib ketishiga ta’sir ko‘rsatadi. U saraton hujayralari rivojlanishining oldini oladi, terini vitamin va mikroelementlar bilan ta’minlaydi.


6.Olxo‘ri qoqi — oshqozon-ichak yo‘li faoliyatini yaxshilashda ajoyib vositadir, u qabziyatdan xalos qiladi va ovqat hazm qilish jarayonini tartibga soladi. Shuningdek, gipertoniyadan azob chekadigan, yurak va jigar bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan kishilar uchun ham ayni muddaodir. U revmatizmda ham qo‘l keladi, tarkibidagi A vitamini esa ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi.


7.Mayiz yaxshigina antidepressantdir, shuningdek, qalqonsimon bez kasalliklarida yordam beradi.


8.Quritilgan olcha erkin radikallar harakatini neytrallashtiradi va shu tariqa, terini yoshartirish xususiyatiga ega.


Manba:chakchak.uz