Bedana tuxumi va go’shti haqida nimalarni bilasiz?

Bedananing tuxum, go’sht (bedana-broyler) yo’nalishidagi hamda jangari, dekorativ, rangdor zotlari bor. Uning “yapon” zoti ancha sermahsul bo’lib, yiliga o’rtacha 300 dona tuxum beradi. Bedana tuxumi tovuq tuxumiga nisbatan A, PP, B1, B2 vitaminlari va mineral moddalar tarkibi bo’yicha yuqori ko’rsatkichga egadir


Sof va tabiiy hisoblanadigan bedana tuxumlari Yaponiyada ham mashhur bo’lib, u parhez taom sifatida qadrlanadi. Jahon bozorida bunday mahsulotga talabning ortib borayotgani yurtimiz fermeru tadbirkorlari uchun yangi eksport imkoniyatlarini ochishi shubhasiz.

Bedananing turlari juda ko’p bo’lib, “faraon” zoti  yuqori sifatli go’sht bilan, “Estoniya” zoti ko’p tuxum berishi hamda go’shtining alohida o’ziga xos ta`mi bilan ajralib turadi. “Britaniya qora” zoti o’ziga xos patlar rangiga ega bo’lib, tirik vaznining og’irligi 210 grammni tashkil etadi. Bundan tashqari, “Amerika albinos» broylerlari, “Angliya oq” zoti, “Manchjur tilla rangi”, “smoking”, “marmar rang”, “Avstraliya sariq-jigar rang” zotlari ham mavjud.

Qadimgi Sharq tabobatida ham bedana go’shti va tuxumi tabiiy dori-darmon sifatida kadrlangan. Xususan, oshqozon va o’n ikki barmoqli ichak yarasi, kamqonlik, migren, bronxial astma, asab tizimidagi buzilishlar, qon bosimining oshishi, qandli diabet, astma singari ko’plab kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Nurlanish kasalligida bedana tuxumi radionuklidlarni organizmdan chiqarish xususiyatiga ega. Kosmetologlar uning tarkibidagi tramizinni yuz rangini tiniqlashtirishda qo’llashadi. Yaponiyada bedana tuxumi aholi o’rtasida eng ko’p iste`mol qilinadigan mahsulotlar sirasiga kiradi.

Kun.uz