1. Soch to‘kilishining asosiy sababi bosh teridan qon aylanishining buzilishida bo‘lgani uchun, boshni massaj qilish katta foyda keltiradi. Massajni maxsus soch massaji vositalari yoki barmoqlar bilan kunida bir marta amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
2. Vitamin va minerallarga boy mahsulotlar bilan ovqatlanish sochning yahshi o‘sishiga yordamb beradi. Sho‘r va dudlangan mahsulotlardan iste’mol qilmaslik tavsiya etiladi.
3. Kir sochlar toza sochlarga nisbatana osonroq va tezroq to‘kilishga moyil bo‘ladi. Chunki teri yo‘gi yig‘ilib soch to‘kilishini keltiradi. Shuning uchun sochni toza bo‘lishini ta’minlash lozim.
Soch massaji uchun maska: Vitaminlarga boy va soch uchun juda foydali oblepixa yog‘idan 1 osh qoshiq isitiladi. Ozgina shampun qo‘shib sochga massaj qilib surtiladi. Ustidan selofan va sochiq o‘rab 1-2 soat qoldirish kerak. Keyin yaxhsilab shampun bilan yuvib tashlanadi. Ushbu maska soch o‘sishini va uning qalin va sog‘lom bo‘lishini ta’minlaydi. Agar soch yog‘liq bo‘lsa u holda maskadan so‘ng shampun bilan yuvilgan sochlarni olma sirkasi (0.5 stakan) bilan suv (1 stakan) aralashmasida chayib tashlasa bo‘ladi.
4. Shahsiy gigiyenaga rioya qilish. O‘z soch vositalaringizni birov bilan bo‘lishib ishlatamagan ma’qul. Ba’zi soch va teri kasalliklari oddiy taroq orqali ham yuqishi mumkin.
5. Soch sog‘lom organizm ko‘rsatkichidir. Organizm salomatligi uchun jismoniy mashg‘ulotlar juda foydali va kerakli. Sport yordamida organizmda qon aylanish tizimi yahshilanadi, qon orqali ozuqa moddalari bosh terini ta’minlashda ham samarasi katta bo‘ladi.
6. Organizm charchagini sigari sochlar ham ba’zida charchaydi. Ular ham dam olishi kerak. Tashqaridagi sovuq yoki issiq havo, fen, turmaklar, kimyo vositalari va hokazolar sochni «charchatib qo‘yadi». Shuning uchun uyda albatta soch turmagini yechib, massaj tarog‘i bilan tarab chiqish kerak. Shunda tolalar orasiga havo kirib terida qon aylanishi tezlashadi. Sochlarni fen bilan quritayotganda kamida 20 sm uzoqlikda tutish kerak. Soch bo‘yash, kimyo qilish kabi muolajalarni nozik va to‘kilayotgan sochlarga qo‘llamaslik maqsadga muvofiq bo‘ladi.