Kishi sog’ligiga jiddiy putur yetkazadigan eng zararli odatlardan biri.
Tamakining vatani janubiy amerika, uni ispanlar 16-a.da evropaga keltirgan. Dastavval tamakini xidlash yoki chaynash odat bo’lgan. Bora bora u chekiladigan bo’ldi, chunki tamaki chekilganda undagi asosiy modda – nikotin kuchliroq ta’sir etadi. Nikotin markaziy va periferik nerv sistemasiga vaqtincha qo’zg’atuvchi ta’sir ko’rsatadi(q. Periferik nerv sistemasi, Markaziy nerv sistemasi), arterial qon bosimini oshiradi, mayda qon tomirchalarini toraytiradi; nafasni tezlashtiradi, ovqat hazm qilish sistemasining shirasini kuchaytiradi. Nikotin bilan birga tamaki tutunidagi yonish mahsulotlari ham organizmni zaxarlaydi.

Shuning uchun chekmaydigan kishilarning chekilgan xonada bo’lishi zararlidir. Tarkibida yonish mahsuloti bo’lgan tutun nafasga olinganda arterial qondagi kislorodni kamaytirib yuboradi(kislorodni tashuvchi gemoglabin o’zining kislorodni biriktirib olish funksiyasini yo’qotadi). U bronxlar shilliq pardasiga ta’sir ko’rsatib, xronik bronxit va o’pka emfizemasiga sabab bo’ladi. Tamaki chekuvchilar hadeb yo’taladigan bo’lib qolishadi.
T.ch. ko’pincha og’iz bo’shlig’i, tomoq, Bronx va o’pkada havfli o’smalar paydo bo’lishiga olib keladi. Surunkasiga uzoq vaqt chekish kishini tez qarishiga olib keladi. To’qimalarning kislorod bilan yomon ta’minlanishi, mayda tomirlarni torayishi chekuvchilarning tashqi ko’rinishini o’zgartirib yuboradi (ko’z oqi va teri sarg’imtir tusga kiradi, so’lg’inlik paydo bo’ladi). Nafas yo’llari shilliq pardasiga o’zgarish tovushga ta’sir etadi(tovush bo’g’iqlashadi, tembri pasayadi, o’pka xirillaydi). Nikotin yoshlarga va keksalarga ancha salbiy ta’sir ko’rsatadi, chunki ularning nerv sistemasi nikotin ta’siriga o’ta sezuvchan bo’ladi.

Nikotin ayniqsa xomilador ayollar uchun zararli. Chunki bola ancha zaif va toshi yengil bo’lib tug’uladi. Nikotin emizikli ayollar uchun ham ancha havfli, chunki u bolalar hayotining birinchi yillarida ko’p kasallanishiga va nobud bo’lishiga sabab bo’ladi. Nikotin ateroskleroz , gipertoniya, gastrit, gastroenterokolit, miokardiodistrofiya va ba’zi bir endokrin kasalliklarning kechishini og’irlashtirib yuboradi. Cheskishdan voz kechmay turib yara kasalligi, tromboflebit, obliteratsiyalovchi endarteriit. Reyno kasalligi, stenokardiya, miokard infarkti kabi kasalliklardan sog’ayib ketish qiyin.
