Nima uchun sochlar sekin oʼsadi?

Odatda sogʼlom sochlar bir oyda 1,5 — 2 sm. ga oʼsadi. Lekin, bu jarayonni sekinlashishiga turli sabablar mavjud.

Birinchi sababi. Organizmda vitaminlar tanqisligidir. Shuning uchun ovqatlanish rejangizga yongʼoq, soya, pishloq, tvorog, mevalar, sabzavotlar hamda dukkakli oʼsimliklarni qoʼshing.

Ikkinchi sababi. Soch piyozining zararlanishidir. Shuningdek notoʼgʼri parvarish, sochlarni boʼyash, qattiq tarash, pala partish yuvish hamda fenda quritish ham sochlarga salbiy taʼsir koʼrsatadi.


Qanday qilib uzun soch oʼstirsa boʼladi? Buning uchun quyidagi niqoblardan foydalaning.

Teng miqdorda aloe sharbati, asal, tuxum sarigʼi va konyak bir-biri bilan aralashtiriladi. Аralashmani yuvilgan nam sochga surtiladi. Surtish ildizidan uchiga tomon olib boriladi. Niqob sochning butun uzunligi boʼylab tegishi lozim. Аna undan soʼng sochingizni selofan bilan oʼraysizda, ustidan sochiq oʼraysiz. Bir soatdan keyin boshingizni iliq suv bilan yuvib tashlaysiz. Bunday niqobni haftada bir marta takrorlash tavsiya qilinadi.

Bir osh qoshiq qalampir damlamasini (dorixonada mavjud) bir osh qoshiq ilitilgan kastor moyi va bir osh qoshiq kosmetik balzam bilan aralashtirasiz. Keyin bu aralashmani paxta tampon yordamida sochning ildiziga extiyotkorlik bilan surtasiz. Аralashma koʼzga tegmasligi kerak. 1 soatdan soʼng yaxshilab yuvib tashlaysiz. Bunday niqob bosh terisiga qon kelishini kuchaytiradi va soch ildizlarini ozuqa bilan toʼyintiradi. Uni haftasiga koʼpi bilan 2 marta takrorlash mumkin.

Bir dona tuxum, ikki osh qoshiq kastor moyi, 1 choy qoshiq glitserin va bir choy qoshiq sirkani qoʼshib yaxshilab aralashtiring. Sochlarga surtib, ustidan selofan va sochiq yordamida oʼraysiz. 40 daqiqadan soʼng iliq suvda shampun bilan yaxshillab yuvib tashlaysiz.

Sochlarni qadimiy usulda parvarish qilish, yaʼni muntazam qatiq yoki zardob bilan yuvish yoki ezilgan piyoz yoxud sarimsoqni sochga surtish va yarim soatdan soʼng yuvib tashlash mumkin.

Qirgʼichdan oʼtkazilgan piyoz hamda asalning aralashmasidan tayyorlangan qorishma. Аsal niqobning toʼrtdan bir qismini tashkil qiladi. Uni sochning ildizlariga surib 40 daqiqadan soʼng yuvib tashlash kerak.

2 stakan pivoni 2 dona tuxumning sarigʼi bilan aralashtiring va soch ildizlariga surting. Ustidan selofan hamda sochiq bilan 1 soatga oʼrab qoʼying. Keyin iliq suv bilan yuvib tashlang va xona haroratida quriting. Bu niqob ancha samarali boʼlib, natijasini siz bir necha muolajadayoq sezasiz. Sochingiz sezilarli darajada tez oʼsibgina qolmay uning tabiiy jilosi hamda kuchi tiklanadi.