Aloe go’zallik timsoli
Asli vatani Afrika bo’lgan bu o’simlik yurtimizga bir necha asrlar oldin kirib kelgan. Hozir diyorimizda aloening turfa turlari mavjud. U manzarali va shifobaxsh o’simlik sifatida xonadonlarda o’stiriladi.
Ushbu o’simlikning qariyb 180 turi ma’lum. Aloe bargidan olib quritiladigan shira-sabur sifatida, konservasiya qilingan sharbati esa turli yaralarni, kuygan terini, gastrit va kolitni davolashda ishlatiladi.
Xalq tabobatida aloe bargidan va uning shirasidan turli kasalliklarni: oshqozon va o’n ikki barmoq ichak yaralarni, o’pka silini va boshqalarni davolashda foydalaniladi. Tarkibida bakteriyalarning ko’payishining oldini oluvchi modda bor. Shuning uchun ham uning bargidan ari chaqqanda, terini pichoq yoki boshqa narsa bilan kesib olganda yiringlab ketmasligi uchun aloe bargini o’rtasidan uzunasiga yorib, dardmand joyga qo’yib bog’lanadi. Arining zahrini ham ketkazadi.
Tibbiyotda qo’llash uchun aloening yangi yig’ilgan bargidan shira olinadi va spirt bilan konservalanadi. Shira bakterisid xususiyatiga ega bo’lib, kuygan joyni, yuqumli va boshqa yaralarni hamda me’da va ichakning ba’zi kasalliklari (kolit, gastrit va h.k.) davolashda ishlatiladi. Aloening suvli ekstrakti immunostimullovchi xususiyatga ega bo’lib, organizmni turli kasalliklardan himoya qiladi.
Shuningdek, biogen stimulyatorlarga boy aloe barglaridan kanakunjut yog’i hamda ekvalipt efir moyi qo’shib, aloe emulьsiyasi tayyorlanadi. Ushbu preparatlar organizmning kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini oshiradi. Shuning uchun aloe bargidan tayyorlangan stimulyatorli suyuq ekstrakt ko’z kasalliklari (konьyunktivit, ko’z shishasimon tanachasining xiralashishi va h.k.)ni surunkali artrit, oshqozon va o’n ikki barmoqli ichak yarasini ham davolashda keng qo’llaniladi.
Aloe emulьsiyasi teri kasalliklarini (quruq va ho’l epidermit) hamda nur bilan davolash natijasida 2-3 darajali kuygan joylarni tuzatishda ishlatiladi.
Ginekologik xastaliklarda ham odatda aloe bargi shirasidan bachadon eroziyasi kasalligiga qarshi davolanadi. U nafaqat dorivor o’simlik balki ishtaha ochuvchi hamdir.
Aloe o‘simligini go‘zallik timsoli, deyishadi. Uning foydalilik xususiyatlari esa uch ming yil muqaddam aniqlangan.
Beozor giyoh Azaldan uning barglaridan tabobatda foydalanib kelingan. Ayniqsa, ko‘z kasalliklari, teridagi yaralarni davolashda aloe o‘simligidan tayyorlangan surtmaning foydasi bisyor. Arab tilidan tarjima qilinganda «aloe» «achchiq, kakra» ma’nolarini anglatadi. Arablar ushbu o‘simlikni qurg‘oqchilikka chidamliligi uchun sabr-bardosh, qanoat timsoli sifatida qadrlashadi. Aloe joy tanlamaydigan o‘simlik bo‘lgani uchun uni uy sharoitida o‘stirish juda oddiy va qulay. Aloe sharbati o‘simlikning aynan uyda o‘stirilgan turidan olinadi. Aloe sharbati zararlangan joyni tezda tiklash xususiyatiga ega bo‘lib, mikroblardan tozalovchi vosita hamdir. Shuningdek, aloe ko‘z shilliq pardasidagi va boshqa yallig‘lanishlarni davolashda samarali yordam beradi. Aloe sharbati va surtmasi teridagi o‘tkir va surunkali kasalliklarni davolaydi. Yaralar, jarohatlar va kuyishlarni bartaraf etib, terini avvalgi holatiga qaytaradi. Tashqi go‘zallikni ixtiyor etgan bekalarimiz uchun ham aloe bebaho topilma hisoblanadi. Uning barglari bilan ertalab va kechqurun yuzingizni artsangiz, chehrangiz tiniqlashib, yanayam ochilasiz. Aloe sharbati ajinga qarshi Ertalab ko‘zgu oldida yuzingizga razm solib, husningizga soya solayotgan ajinlarning ko‘payganidan kayfiyatingiz tushdimi? Unda aloe sharbati sizga yordamga keladi. Buning uchun 2-3 dona aloe bargini olib, uni bir litr qaynab sovutilgan suvga solasiz va 5 daqiqa mobaynida qaynatasiz. So‘ngra uni dokadan o‘tkazib, sizdirib oling va soviting. Tayyor bo‘lgan losonni muzlatgichda saqlab foydalanishingiz mumkin. Havo sovishi bilan ko‘pgina xotin-qizlarning labi yoriladi. Bunda aloe sharbatini labingizga surtsangiz, u tez fursatlarda avvalgidek muloyim va chiroyli ko‘rinishiga qaytadi.
Muzlatilgan aloe Aloe sharbatidan tayyorlangan muz bo‘lakchasi eng zo‘r pardoz vositasi ekanidan xabaringiz bormi? Buning uchun 2-3 qoshiq aloe sharbati bilan birga marvarak o‘simligini qaynating. Uni yaxshilab aralashtirib, ma’lum bir ko‘rinishga keltiring va muzlatgichga qo‘ying. Ushbu muz bo‘lakchasi bilan yuzingizni ertalab va kechqurun artishni kanda qilmang. Bu malham yuzingizni toshmalardan xalos etib, tiniqlashtiradi. Aloedan maxsus niqoblar Bir qoshiq aloe sharbatiga bir qoshiq smetanani aralashtiring. Aralashmaga qizilpoycha o‘simligi va qoshiqchada asal soling. Tayyor niqobni yuzingizga surtib, 12-15 daqiqadan so‘ng yuzingizni issiq va sovuq suvda galma-gal yuvib tashlang. Ushbu niqob yuzingizni yoshartirib, ajinlarni silliqlaydi. 2 osh qoshiq yangi aloe sharbati 1ta tuxum oqi bilan aralashtiriladi va 15 daqiqaga yuzga surtiladi. Niqob teridagi mayda toshmalarni yo‘qotishda yaxshi samara beradi. 2 osh qoshiq aloe sharbatiga 1 osh qoshiq moychechak damlamasini, shuncha miqdordagi asalni qo‘shib aralashtiring. Niqob yuzni taranglashtirib, yallig‘lanishlarni bartaraf etadi.
Tabiat in’omi Aloening vatani-Janubiy Amerika. XX asrning 30-yillariga kelib aloedan tibbiyotda keng foydalanila boshlandi. Bular asosan immun tizimini mustahkamlovchi dorilar edi. Aloe sharbati tabiatning antiseptik in’omi hisoblanib, unda salitsil kislota, fenol, oltingugurt va o‘simlik balzami – lupeol mavjud. Ushbu elementlar yallig‘lanishga qarshi samarali vosita hisoblanadi.
shifo.uz/article/aloe-go-039-zallik-timsoli