Uy sharoitida yuz tozalash kosmetolog uchun sarflanadigan anchagina pulni tejashga yordam beradi. Аlbatta, yuzni uy sharoitida tozalash oʼta ehtiyotkorlikni talab etadi, agar kerakli qoʼllanmalarga amal qilinmasa yuz terisiga jiddiy zarar yetkazish mumkin. Notoʼgʼri harakatlar oqibatida yiringlar, yalligʼlanish yoki chuqurchalar yuzaga kelish ehtimoli bor. Demak, uy sharoitida yuzni tozalash uchun bugʼli vannacha, tuz, suyuq sovun va dezinfektsiyalovchi vosita kerak boʼladi. Yuz terisi yaxshillab tozalanib, bugʼli vannacha yoki issiq yogʼli niqob qoʼllaniladi. Soʼng tuzli piling (chuqur tozalash) iliq suvda namlangan paxtali tampon sovunlanib, mayda tuzga belanadi va mazkur tampon bilan yuzning eng koʼp kir yigʼilgan joylari ehtiyotkorlik bilan ishqalanadi (ushbu tuz va sovunli aralashmani qoʼl bilan ham ishqalash mumkin). Yuzdagi sovun va tuzli koʼpikni 5-6 daqiqa qoldirib, soʼng sovuq suv bilan yuvish kerak. Аgar yuz terisi tuzga taʼsirchan boʼlsa uni kosmetik bura bilan almashtirish mumkin. Eng maʼsuliyatli holat ikkita barmoq bilan komedon (qora nuqta) larni oʼta ehtiyotkorlik bilan siqib chiqarishga harakat qilish kerak. Аgar yuz terisi quruq boʼlib, komedonlarni siqish mushkullik tugʼdirsa, ularga bugʼli vannachadan avval isitilgan oʼsimlik yogʼi surtiladi. Sovun va tuzli koʼpikka esa ozgina suli uni qoʼshiladi. Uy sharoitida yuzni tozalash jarayonida qoʼllar sterillangan boʼlishi kerak. Buning uchun barmoqlarni sterillangan qogʼoz salfetkalarga oʼrash mumkin. Yuz terisidan ortiqcha kir va qora nuqtadan toʼliq tozalangach, terini yaxshillab dezinfektsiyalash darkor. Bu muolajadan soʼng ultrabinafsha hamda suv muolajalarini keyinroqqa qoldirish tavsiya etiladi. Imkon boricha kremlardan ham foydalanmaslik kerak – eng yaxshisi tonik.
Yuz terisini quyidagilar bilan artish mumkin.
Oshxona sirkasi.
Limon sharbati.
Buraning iliq aralashmasi (0,5 stakan suvga 1 choy qoshiq bura).
3% li vodorod perikisining aralashmasi.
Limon va glitserin aralashmasi (50 gr. glitserin, 30gr. limon sharbati va 100 gr, suv).