Quyosh tigʼida koʼp yurishga toʼgʼri kelsa, shlyapa, kepka, sharf, soyabon kabi “himoyalovchilardan”dan birortasini oʼzingiz bilan olishni unutmang! Ular yordamida kuydiruvchi quyosh nuri zararidan yuzingizni birmuncha saqlanishingiz mumkin!
Koʼz atrofi alohida eʼtiborga moyil: quyoshdan ximoya qiluvchi koʼzoynak taqish bilan nafaqat koʼzingiz atrofida ajinlar koʼpayishini oldini olasiz, balki koʼz nuringizni ham asraysiz.
SP-faktorli kremdan foydalanishning ayni vaqti. Bu mavsumda yuzingizni quyosh nuriga tutib berib, qorayish niyatingiz boʼlmasa, pardoz stolingizdan, albatta, bu turdagi kremlarga oʼrin ajratishingiz kerak boʼladi. Tez zararlanadigan yanoq va boʼyin sohasiga koʼproq surishni unutmang.
Koʼproq suv iching! Bu nafaqat chanqogʼingizni bosishingizga, balki yuz teringizda namlik meyorining saqlanishi uchun juda muhim!
Petrushka koʼkati tetiklashtiradi. Bir bogʼ petrushka koʼkatini maydalab ustidan koʼmgunicha qaynab turgan suv quyiladi. Yarim soat tindirilgan damlama suzib olinadi va yuz chayiladi. Bunday damlama uchun quritilgan, barra yoki muzlatilgan koʼkatdan foydalanilsa ham boʼladi.
Bodring oqartiradi. Bodringni mayda qilib toʼgʼraysiz (qirgʼichdan oʼtkazsangiz ham boʼladi) va unga oʼzingiz foydalanadigan oziqlantiruvchi yuz kremingizdan ozgina qoʼshasiz. Аgar yuz teringiz yogʼli boʼlsa, bodringni suvini siqib olib, teng miqdorda spirt qoʼshasiz va bir kecha kunduzga tindirib qoʼyasiz. Undan soʼng ushbu massa bilan yuzingizni (doka yordamida) kompress qilsangiz boʼladi. Muolaja vaqti: 20 daqiqa
Smetana oziqlantiradi. 300 ml smetanaga bir qism maydalab toʼgʼralgan petrushkani aralashtirasiz va yuzingizga bir tekisda surtasiz. Аgar yuz teringiz quruq boʼlsa, teng miqdorda smetana va limon aralashtirasiz. Muolaja vaqti: 15 daqiqa. Soʼng paxtali disk yoki oddiy tibbiy paxtani iliq suvda namlab, yuzingizni artasiz.
Normal turdagi yuzlarga. Oʼrtacha kattalikdagi turpni qirgʼichdan oʼtkazasiz (taxminan 4 choy qoshiq chiqishi kerak) va unga ikki-uch tomchi zaytun yogʼi aralashtirasiz. Tayyor massani yuzingizga surib, 20 daqiqadan soʼng iliq suvda yuvib tashlaysiz.