Kuz-qishda qoʼl terisi parvarishi

Kuz-qishda qoʼl terisi parvarishi uchun, asosan, oziqlantiruvchi va terini yumshatib, himoyalovchi kremlar tavsiya etiladi.Qoʼl terisi sovuq havoga juda taʼsirchan boʼlsa, tarkibida zaytun, moychechak, lavanda moyi qoʼshilgan kremlarni tanlang.Terida mayda yoriqlar, teri qavatining koʼchishi bezovta qilsa, krem tarkibida avokado, kakao, aloe, jojoba kabi oʼsimliklar moyini jamlanganligiga diqqat qiling. Ular terining meʼyoriy qavatini tiklab, yengil “yalligʼlanish”larni bartaraf etadi.




Yoshga doir oʼzgarishlar tufayli terining elastiklik xususiyatini tiklashga toʼgʼri kelsa, kollagen va elastin birikmasi qoʼshilgan kremlar asqotadi. Ular “ishdan chiqayotgan” teri kataklarini yangilab, taranglashtiradi.


Dagʼal tortgan qoʼl terisini mayinlashtirish uchun glitserin qoʼshilgan kremni ertalab va kechqurun yengil surish kifoya.Qoʼllaringizga namlik yetishmay, tirnoq artofidagi mayda “tikanak”larga koʼzingiz tushsa, silikonli krem tanlang.


Oziqlantiruvchi niqoblar.


Bodring boʼlagini mayda tishki qirgʼichdan chiqarib bir necha tomchi asal tomizing. Teri oqarib nafis koʼrinishga ega boʼladi.

Bananni ezib, boʼtqa holiga keltiring, ikki osh qoshiq tvorog va tuxum sarigʼi qoʼshing. Hammasini yaxshilab aralashtiring. Niqobni 20 minutga surtib qoʼyib, soʼng iliq suvda yuving. Bu amal terini yumshatib mayinlashtiradi.

Аgar vaqtingiz juda oz boʼlsa, 1-2 ta uzum donasi sharbati bilan artish mumkin. 10 minutdan soʼng niqob iliq suvda yuviladi. Teri sezilarli darajada yosharadi.