Qisqa muddatli parhezlar

Qatiqli.

Natija: 3 kunda 2-5 kg vazn tashlash mumkin.

Taomnoma: kuniga 1,5 litr yog’siz qatiq bilan kifoyalanish. Agar judayam och qolsangiz, bir nechta nordon mevalardan iste’mol qilishingiz mumkin.

Qanday: taomnomada belgilangan qatiq miqdorini 5-6 qismga bo’lib iching.

Qulayligi: juda arzon va amal qilishda juda oson.

Kamchiligi: faqat kuchli irodaga va mustahkam salomatlikka ega kishilarga to’g’ri keladi.



Grechixali.

Natija: 5 kunda 3-5 kg vazn tashlash mumkin.

Taomnoma: kuniga 1 stakan grechixa. Bunda istalgancha suyuqlik ichish mumkin. Ushbu parhez davomida tuz ishlatmaslik lozim yoki oddiy tuzni dengiz tuziga almashtiring. Kun davomida qo’shimcha ravishda ozgina yog’siz qatiq yoki yogurt ichsa ham bo’ladi.

Qanday: kechqurun 1 st grechixa ustidan qaynoq suv qo’yib idish qopqog’ini yopib qo’ying. Kun davomida mana shu bo’tqani bir necha qismga bo’lib tanovul qiling. Ohirgi taom qabulini uxlashdan 3-4 soat oldin amalga oshiring.

Qulayligi: organizmni samarali tozalaydi.

Kamchiligi: grechixani yomon ko’radigan va tuzli eguliklarni xush ko’radiganlar chidashi mushkul. Bu parxez qad-qomatingizni normaga keltirish uchun yordam beradi, ammo orzuingizdagi ozg’in qizga aylantirmaydi

Tovuqli.

Natija: 5 kunda 5 kg vazndan halos bo’lasiz.

Taomnoma: bug’da yoki suvda pishirilgan terisi olib tashlangan tovuq go’shti, nordon mevalar, turli sabzavotlar va ulardan tayyorlangan salatlar, har-xil yormalar. Suyuqlik ichish me’yori doimgidek.

Qanday: taomnomada ko’rsatilgan barcha mahsulotlarni istalgancha tanovul qilsa bo’ladi. Muhimi, tovuq kundalik taomnomangizning birinchi yarmini, qolgan mahsulotlar esa ikkinchi yarmini tashkil etishi kerak. Yaxshi natijalarga erishish uchun barcha egulik va taomlarni tuzsiz iste’mol qiling.

Qulayligi: parxez davomida och qolmaysiz, bunda sizga taomnomadagi rang-baranglik yordam beradi.


Parhez tutmay ozishni istasangiz kundalik taomnoangizni baliq, sut mahsulotlari, yohsiz mol go’shti va tuxumga boyiting. Shirinliklar, qovurilgan kartoshka, mayonez, priojki va shunga o’xshash qovurib pishirilgan pishiriqlar, shuningdek kolbasa mahsulotlaridan voz keching.


Eslatma: tavsiyalarni qo’llashdan oldin, albatta, shifokor bilan maslahatlashib oling.