Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi





O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi respublika milliy manfaatlarini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish va ularni xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish sohasida xalqaro huquq normalari va qoidalariga asoslangan faoliyatni amalga oshiradi.





Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini uyushgan holda tanlash, tayyorlash, moslashtirish tadbirlarini o‘tkazish va xorijda ishga joylashtirish jarayonlarini samarali boshqarish va nazorat qilish orqali ularga xorijda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishga doir huquqlarini amalga oshirishda ko‘maklashish;
tashqi mehnat migratsiyasini kompleks tahlil qilish, shu asosda normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish, mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarni ishga joylashtirishda ko‘maklashish;
mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlik loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish va ularning mehnat huquqlarini ta’minlash jarayonlarini tartibga solish masalalari bo‘yicha xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlik qilish; va boshqalar.




Agentlik o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga jo‘natish maqsadida xorijiy mamlakatlarning mehnat bozorini o‘rganadi, xorijiy ish beruvchilarni topadi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini uyushgan holda tanlash to‘g‘risida xorijiy ish beruvchilar va xususiy agentliklar bilan shartnomalar tuzadi hamda ularning amalga oshishini ta’minlaydi;
o‘z vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish sohasida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlari bilan muzokaralar olib boradi, xalqaro, davlatlararo va idoralararo shartnomalar, bitimlar va bayonnomalar loyihalarini tayyorlaydi; va boshqalar.




Agentlik quyidagi huquqlarga ega:
tuzilgan shartnomalarga muvofiq xorijda ishlash uchun kadrlarni tanlab olish, ularning chet tillarni bilishini va kasbga loyiqligini tekshirish, shuningdek, ishga joylashadigan mamlakatning asosiy qonunlarini tushuntirish;
xorijiy hamkorlar bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida tuzilgan shartnomalarga muvofiq xorijga ishga yuboriladigan nomzodlar haqida axborot olish uchun vakolatli organlarga murojaat qilish;
xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan bitimlarni (shartnomalarni) hisobga olgan holda, dastlabki saralashdan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan ularni xorijda ishga joylashtirishda xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar tuzish; va boshqalar.


Manzil: Toshkent sh. Kamariniso 1.
Pochta : [email protected].