"Voleybol" sportini rivojlantirish





“Voleybol sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-274-son, 19.07.2024-y.) qabul qilindi




Qarorga ko‘ra, 2025-yildan har yili an’anaviy tarzda quyidagilar o‘tkazib boriladi:


oliy ta’lim muassasalari talabalari, professional ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Volleyball stars” O‘zbekiston kubogi;
vazirlik va idoralar xodimlari o‘rtasida 3 bosqichli (tuman (shahar) – viloyat – respublika) voleybol sport turlari bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston” respublika musobaqasi;
umumiy o‘rta ta’lim muassasalari yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida 3 bosqichli Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi kubogi;
nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida para voleybol sport musobaqalari.

2025-yildan har 2 yilda 1-marta voleybol bo‘yicha Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyasi (CAVA)ga a’zo davlatlar o‘rtasida “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro turniri o‘tkazib boriladi.




Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati Voleybol sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internati sifatida qayta tashkil etiladi.