Ota-onalik huquqidan mahrum qilish va tiklash





Ota-ona (ulardan biri) quyidagi hollarda ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin
ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa;
uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘z bolasini tug‘ruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o‘xshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;
ota-onalik huquqini suiiste’mol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘lsa;
muttasil ichkilikbozlik yoki giyovandlikka mubtalo bo‘lgan bo‘lsa;
o‘z bolalarining hayoti yoki sog‘lig‘iga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo‘lsa.




Ota-onalik huquqidan mahrum qilish tartibi
Ota-onalik huquqidan mahrum qilish sud tartibida amalga oshiriladi.
Ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi ishlar ota (ona)ning (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning), prokurorning, shuningdek voyaga etmagan bolalarning huquqlarini himoya qilish majburiyati yuklatilgan organ yoki muassasalarning (vasiylik va homiylik organi, voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar, etim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar muassasalari hamda boshqa muassasalarning) da’vosiga binoan ko‘riladi.
Sud ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda bolaning ta’minoti uchun ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota-onadan (ularning biridan) aliment undirish masalasini hal qiladi.




Ota-onalik huquqidan mahrum qilish oqibatlar





Ota-onalik huquqini tiklash
Ota-ona (ulardan biri) o‘z xulq-atvorini, turmush tarzini va (yoki) bola tarbiyasiga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirgan hollarda ota-onalik huquqi tiklanishi mumkin.
Ota-onalik huquqini tiklash ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota-onaning (ulardan birining) da’vosiga binoan sud tartibida amalga oshiriladi.
Ota-onaning (ulardan birining) ota-onalik huquqini tiklash to‘g‘risidagi da’vosi bilan birga bolani ota-onaga (ulardan biriga) qaytarish to‘g‘risidagi talabi ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
10 yoshga to‘lgan bolaga nisbatan ota-onalik huquqining tiklanishiga faqat uning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Bola farzandlikka olingan va farzandlikka olish bekor qilinmagan bo‘lsa, ota-onalik huquqini tiklashga yo‘l qo‘yilmaydi.


Prokuratura organlariga murojaat qilish uchun quyidagi havolaga o‘ting.