"Mahalla" tushunchasi





Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi — fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan, ularning o‘z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilish borasidagi mustaqil faoliyatidir. Fuqarolar shaharchalar, qishloqlar, ovullar va mahallalarda o‘zini o‘zi boshqarishga doir o‘z konstitutsiyaviy huquqini fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlariga muvofiq fuqarolar yig‘inlari (vakillar yig‘ilishi) orqali amalga oshiradilar.




Fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, bevosita hamda o‘zlarining saylab qo‘yiladigan vakillari orqali o‘zini o‘zi boshqarishni amalga oshirishda teng huquqlarga egadir.



Shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalar fuqarolarining yig‘inlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridir.


Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va qonun bilan berilgan o‘z vakolatlarini tegishli hududda amalga oshiradi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, belgilangan namunadagi muhrga ega bo‘ladi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida hisobga olinishi kerak.

Fuqarolar yig‘ini aholi manfaatlarini ifodalaydi va uning nomidan tegishli hudud doirasida amal qiladigan qarorlar qabul qiladi.




Fuqarolar yig‘inida 18 yoshga to‘lgan va tegishli hududda doimiy yashayotgan shaxslar qatnashadi.




Fuqarolar yig‘ini organlari quyidagilardir:

fuqarolar yig‘ini kengashi;

fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar;

taftish komissiyasi.





Fuqarolar yig‘ini o‘zi tasdiqlagan nizom asosida faoliyat yuritadi.



Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi nizomda quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.