Maktab formasi





Davlat maktablarida o‘quvchilar uchun yagona maktab formasini kiyishlari shart.




Maktab formalarining shakllari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.




Maktab formasini kiyishda quyidagi talablar qo‘yiladi:
kiyimlarning o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda bo‘lmasligi;
qizlar uchun yubkaning uzunligi tizzadan 5 — 15 sm pastda bo‘lishi;
o‘g‘il bolalar uchun shimning uzunligi oyoq to‘pig‘idan pastda bo‘lishi;
oyoq kiyimlar poshnasining 3 santimetrdan baland bo‘lmasligi;
ko‘ylakning eng yuqoridagi faqat bitta tugmasidan tashqari boshqa tugmalarning qadalgan bo‘lishi;
kiyimlarning toza va dazmollangan bo‘lishi.



O‘quvchilar maktab binosi ichida bosh kiyimsiz yurishlari lozim, ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno.





Tashqi ko‘rinishga qo‘yiladigan boshqa taqiqlar:

Tashqi ko‘rinishga qo‘yiladigan boshqa taqiqlar:


o‘g‘il bolalar - tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, soqol qo‘ygan, sochi 2-3 santimetrdan uzun bo‘lgan va yorqin ranglarga bo‘yashi;
qiz bolalar - tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirgan yoki pirsing qilgan, sochini yorqin ranglarga bo‘yagan, yuzini ko‘zga tashlanadigan darajada makiyaj qilgan, qulog‘iga bittadan ortiq sirg‘a taqqan, barmoqlariga uzuk taqqan, qo‘l tirnoqlarini bo‘yagan va uzun qilib o‘stirishi.



Tartib buzganlik uchun javobgarlik

O‘quvchilarning maktab formasini kiyish tartibiga rioya qilmaslik maktab ichki tartib-qoidalarini buzish deb baholanadi va bunday o‘quvchilarga quyidagi choralar qo‘llanishi mumkin:


ogohlantirish;
kundalik daftariga qayd etish;
tushuntirish ishlarini olib borish uchun ota-onasini xabardor qilish;
mahalla yig‘ini va ta’lim muassasasidagi yig‘ilishlarda ota-onalar ishtirokida muhokama qilish.