O‘zbekistonga kirish vizalari turlari






O‘zbekistonga kirish, chiqish va tranzit vizalari toifalari:
diplomatik kirish vizasi (doimiy akkreditatsiya qilinganlar uchun);
diplomatik kirish vizasi (vaqtincha turganlar uchun);
diplomatik kirish vizasi (diplomatik pasport egalari uchun turistik);
xizmat kirish vizasi (doimiy akkreditatsiya qilinganlar uchun);
xizmat kirish vizasi (vaqtincha);
xizmat kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi davlat tashkilotlarining taklifi bo‘yicha);
rasmiy kirish vizasi (rasmiy va davlat tashriflari doirasida);
ishbilarmonlik kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasining profilь muassasalari va idoralarida akkreditatsiya qilinganlar uchun);
ishbilarmonlik kirish vizasi (biznes viza);
turistik kirish vizasi;
guruhli turistik kirish vizasi;
ziyorat kirish vizasi;
ishchi kirish vizasi (Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi litsenziyasi asosida);
matbuot vakillari uchun kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi TIVda doimiy akkreditatsiya qilingan);
matbuot vakillari uchun kirish vizasi («Dunyo» AAda vaqtincha akkreditatsiya qilinganlar);
mehmon kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi IIVning Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining taklifi bo‘yicha);
mehmon kirish vizasi (xorijiy fuqarolarning taklifi bo‘yicha);
vatandoshlar uchun kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi IIVning Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining taklifi bo‘yicha);
talabalar kirish vizasi (oliy ta’lim muassasalararo almashish asosida — vaqtincha ta’lim olish davriga);
o‘quv kirish vizasi (doimiy asosda — ta’lim davriga);
o‘qituvchilar kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy asosda ishga joylashishda);
akademik kirish vizasi (vaqtincha asosda);
tibbiy kirish vizasi;
ekipaj uchun kirish vizasi;
haydovchilar uchun kirish vizasi;
chiqish vizasi;
tranzit vizasi;
ko‘p martalik investitsiya vizasi.




Elektron viza

Chet el fuqarolari elektron vizani O‘zbekistonning elektron viza rasmiy portaliga murojaat yo‘llash orqali rasmiylashtirishlari mumkin.




Konsullik yig‘imi miqdorlari:
bir martalik - 20 AQSh dollari;
ikki martalik - 35 AQSh dollari;
ko‘p martalik - 50 AQSh dollari.




2018-yil 1-iyuldan fuqarolari vizasiz tranzit rejimida kirish, vaqtincha bo‘lish va O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxati.



2020-yil 1 yanvardan fuqarolariga 30 kungacha vizasiz rejim o‘rnatilgan davlatlar ro‘yxati.