Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi


Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi



Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etilgan.





Jamg‘arma maqsadi
nogironligi bo‘lgan shaxslarning ahvolini yaxshilash;
tibbiy-ijtimoiy yordam berish va reabilitatsiya sifatini oshirish;
protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalarini ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga va texnologik yangilashga ko‘maklashish.




Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi
nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasining 10 foizi miqdoridagi ajratmalar;
nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini yaratishga doir mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bajarilmaganligi uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasining 10 foizi miqdoridagi ajratmalar;
yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning homiylik xayriyalari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.




Jamg‘armaning mablag‘lari
nogironligi bo‘lgan shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, texnik reabilitatsiya vositalari va kreslo-aravachalar bilan ta’minlashni;
tashkilotlarda protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalarini ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash loyihalarini amalga oshirishni;
nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish, organizmning izdan chiqqan yoki yo‘qolgan funktsiyalarini tiklash va ularni kompensatsiya qilish, hayot faoliyati cheklanganligini bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirishni;
nogironligi bo‘lgan shaxslarga jamiyat hayotida boshqa fuqarolar bilan teng ishtirok etish imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishni;
nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yo‘naltirilgan ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari faoliyatiga ko‘maklashishni;
nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan ish o‘rinlarini tashkil etish maqsadlarini moliyalashtirish uchun sarflanadi.




Vazirlikning Iqtisodiyot, moliyalashtirish va istiqbolni aniqlash bosh boshqarmasi Jamg‘armaning ishchi organi hisoblanadi.




Malumot: 2018-yil 1-iyundan boshlab, nogironligi bo‘lgan shaxslar, tayinlangan pul to‘lovlarining turlari va miqdori, ajratilgan texnik reabilitatsiya vositalari, protez-ortopediya buyumlari va dori vositalari, ko‘rsatilgan ijtimoiy xizmatlar va berilgan imtiyozlar to‘g‘risidagi kompleks ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, shuningdek, mazkur sohadagi ishlarning holati haqidagi ma’lumotlarni tezkor olish, davlat organlari o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvini amalga oshirish, byudjet mablag‘lari maqsadsiz sarflanishi va suiiste’molchilik holatlarining oldini olish imkonini beruvchi nogironligi bo‘lgan shaxslarning yagona elektron reestridan foydalanish amaliyotga joriy etilgan.