Shahar yo‘lovchilar transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish





Shahar yo‘lovchilar transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqi
1941-1945-yillardagi urush qatnashchilari jumlasidan bo‘lmish harbiy xizmatchilar;
1941-1945-yillardagi urush nogironlari va urushning I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga hamrohlik qiluvchi shaxs;
1941-1945-yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar;
Afg‘oniston Respublikasida va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi jangchilar jumlasidan bo‘lmish fuqarolar;
haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar;
Chernobilь AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar;
ko‘zi ojiz nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularga hamrohlik qiluvchi shaxs.




Quyidagilarni tashish bepul amalga oshiriladi
7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni;
hajmi 60 sm x 40 sm x 20 sm va og‘irligi 20 kilogrammdan ortiq bo‘lmagan qo‘l yukini va musiqa asbobini;
150 santimetrgacha uzunlikdagi buyumlarni;
qafasga solingan mayda hayvonlar va parrandalarni;
aravachani (bolalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va boshqalarning aravachalarini);
mayda bog‘dorchilik inventarini;
bolalar chanalarini.




O‘lchami ko‘rsatilgan eng katta hajmlarning hatto bittasidan ortiq bo‘lgan bagaj belgilangan parametrlarga nomuvofiq hisoblanadi hamda uni tashish uchun qo‘shimcha to‘lov undirilishi mumkin.