Yo‘l transport hodisasi (YTH) joyini tark etmang.
YTH sodir bo‘lganda quyidagilarni amalga oshirish kerak
“102” raqami orqali DYHXX chaqirish;
sug‘urta qilingan sug‘urta kompaniyasining vakilini chaqirish;
ogohlantiruvchi avariya signallarini yoqib qo‘yish;
xavfsiz masofaga avariyadan ogohlantirish belgisini o‘rnatish;
avtotranport vositasini joyidan siljitmaslik;
zarur hollarda guvohlarning ko‘rsatmasini yozib olish.
YTH joyiga kelgan DYHXX ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma, YHH sxemasini tuzishi, o‘lchovlarni amalga oshirishi, voqea ishtirokchilaridan, shuningdek guvohlardan (zarur bo‘lganda) tushuntirish olishi kerak.
Hujjatlarni rasmiylashtirishda hodisa sodir bo‘lgan barcha sharoitlarni (yo‘l holati, svetofor, ob-havo sharoiti va boshqalar) aniqlashda faol ishtirok etish tavsiya etiladi.
DYHXX barcha hujjatlarni rasmiylashtirgandan so‘ng ma’lumotnoma beradi, unga ko‘ra sug‘urta kompaniyasi sug‘urta pulini to‘laydi. Shuning uchun ushbu ma’lumotnomada barcha shikastlar ko‘rsatilganligiga e’tibor bering hamda yashirin shikastlar ehtimoli mavjud emasligiga ishonch hosil qiling.
Sug‘urta polisi mavjud bo‘lsa sug‘urta kompaniyasi belgilangan tartibda, tovon puli to‘laydi.
Sug‘urta mavjud bo‘lmasa tovon pulini avtotransport egasi sud tomonidan belgilangan miqdorda to‘lab beradi.
Manfaatdor tomon DYHXX harakatidan yoki qarorlaridan norozi bo‘lgan taqdirda, yuqori turuvchi organga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.