Avariya - sog‘liqqa zarar etkazilsa (o‘lim bilan tugasa)





Yo‘l transport hodisasi (YTH) mol-mulkka zarar etkazishdan tashqari sog‘liqqa zarar etkazilgan (o‘lim bilan tugasa) taqdirda, YTH joyini tark etmang.





YTH sodir bo‘lganda quyidagilarni amalga oshirish kerak
“103” raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, tez tibbiy yordamni chaqirish;
“1050” raqamiga qo‘ng‘iroq qilib FVV xodimini chaqirish (zarur hollarda);
“102” raqamiga qo‘ng‘iroq qilib DYHXX chaqirish;
sug‘urta qilingan sug‘urta kompaniyasining vakilini chaqirish;
YTH ishtirokchilari bo‘lgan avtotransport vositalarining nomerlarini yozib olish hamda suratga tushirish;
ogohlantiruvchi avariya signallarini yoqib qo‘yish;
avtotranport vositasini joyidan siljitmaslik;
zarur hollarda guvohlarning ko‘rsatmasini yozib olish.


YTH joyiga kelgan tibbiy tez yordam xodimi jabrlanuvchilarga tez tibbiy yordam ko‘rsatishi, zarur holda ularni kasalxonaga yotqizishi shart.
YTH ishtirokchilari tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari lozim.
YTH ishtirokchilari sog‘lig‘i haqida akt tuziladi va tegishli ma’lumotnoma tayyorlanadi.
YTH joyiga kelgan DYHXX ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma va YTH sxemasini tuzishi, voqea ishtirokchilaridan, shuningdek guvohlardan (zarur bo‘lganda) tushuntirish olishi kerak.
Sug‘urta polisi mavjud bo‘lsa – sug‘urta kompaniyasi belgilangan tartibda tovon puli to‘laydi.
Sug‘urta polisi bo‘lmagan taqdirda – avtotaransport egasi tovon pulini sud tomonidan belgilangan miqdorda to‘lab beradi.
Manfaatdor tomon DYHXX harakatidan yoki qarorlaridan norozi bo‘lgan taqdirda, yuqori turuvchi organga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Qonunda sog‘liqqa shikast etkazilganlik (o‘lim) uchun javobgarlik belgilangan.