Avtomototransport vositasining ijara shartnomasini notarial tasdiqlash





Avtomototransport vositasining ijara (tekin foydalanish) shartnomasi notarius tomonidan faqat maxsus gerbli blankada tasdiqlanadi.



Ijara (tekin foydalanish) shartnomasi yashash joyi (doimiy yoki vaqtinchalik) qat’i nazar, istalgan notarial idorada rasmiylashtirilishi mumkin.


Ijara shartnomasini tasdiqlash uchun notarial idoraga taqdim etiladigan hujjatlar
taraflarning pasporti;
avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma (texpasport);
agaravtomototransport vositasi er-xotinning umumiy birgalikdagi mulki bo‘lsa, erning (xotinning) roziligi;
agaravtomototransport vositasi garovda turgan bo‘lsa, garovga oluvchining roziligi;
agarshartnoma vakil tomonidan tuzilayotgan bo‘lsa, uning vakolatini tasdiqlovchi hujjat (ishonchnoma).


Ijara shartnomasini rasmiylashtirishda davlat boji undiriladi.


Notarius qo‘shimcha pullik xizmatlari
Gerb yig‘imi;
Taqiq mavjud yoki yo‘qligini tekshirish:
Tushuntirish;
Shartnoma loyihasini tuzish.