Vasiyatnoma bo‘yicha merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma





Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma merosni qabul qilib olgan merosxo‘rlarga qonun hujjatlariga muvofiq beriladi.



Notarial harakatni ishtirokchilari:


Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma merosni qabul qilib olgan merosxo‘rlarga qonun hujjatlariga muvofiq beriladi.
Meroxo‘rlar Muomalaga layoqatsiz/muomala layoqati cheklangan/voyaga etmagan bo‘lgan hollarda, ularning qonuniy vakillari ularning nomidan va (yoki) ularning huzurida harakat qilishadi.


Taqdim etiladigan hujjatlar


Fuqarolarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi
O‘zbekiston fuqarolarining shaxsi — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti;
16 yoshga to‘lmagan fuqarolarning shaxsi — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
harbiy xizmatchilarning shaxsi — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
chet el fuqarolarining shaxsi — ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi.
Meros qoldiruvchining o‘lim haqidagi guvohnoma yoki dalolatnoma yozuvidan ko‘chirma;
Meros qoldiruvchining oxirgi doimiy yashash (doimiy propiska qilingan) joyi haqidagi ichki ishlar organlarining ma’lumotnomasi yoki o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvidan ko‘chirma yoxud uy daftaridan ko‘chirma;
Meros tarkibining meros qoldiruvchiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
Merosxo‘rlarning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomalari (F.I.O. o‘zgargan taqdirda) yoki dalolatnoma yozuvlaridan ko‘chirmalar yoxud qarindoshlik munosabatlarining haqiqiyligini belgilovchi sud hujjati;
Merosxo‘rlar vafot etgan taqdirda o‘lim haqidagi guvohnoma yoki dalolatnoma yozuvidan ko‘chirma;
Meros qoldiruvchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi va nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomasi (ajrashganlik haqidagi guvohnoma) yoki dalolatnoma yozuvidan ko‘chirma.
Merosni qabul qilish uchun ishochnoma (agar merosxo‘rning o‘zi meros huquqi to‘g‘risidagi guvohnomani olishda ishtirok etaolmasa)
Merosxo‘rlar meros mulkidagi tegishli ulushdan voz kechgan taqdirda – notarial tartibda tasdiqlangan merosdan voz kechish tug‘risida ariza.
O‘zini meros qoldiruvchining qaramog‘ida bo‘lgan deb hisoblayotgan shaxs merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomani berilishini so‘rab murojaat etsa, meros qoldiruvchining qaramog‘ida bo‘lganlik fakti sud hujjati bilan tasdiqlanadi..
Yoshi bo‘yicha qaramoqda bo‘lgan mehnatga layoqatsiz shaxslar uchun
pasport;
tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma;
pensiya guvohnomasi.
Boshqa hujjatlar (zarur bo‘lsa).

Xizmatni ko‘rsatganlik uchun yig‘im undiriladi
Loyiha uchun to‘lov (BHMning 20%)
Tushuntirish uchun haq miqdoi BHMni (10%)
Taqiqni tekshirish uchun (BHMni 60%)
.
Hisoblash uchun elektron kalkulyatordan foydalanish mumkin.
Notarial idoralar haqida ma’lumot olish uchun quyidagi havolaga o‘ting.
Notarius qabuliga yozilish uchun quyidagi havolaga o‘ting.

Notarius harakatlaridan norozi bo‘lsangiz O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga murojaat qilish uchun quyidagi havolaga o‘ting yoki “1008” ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qiling.