Bolalarga chegirma va imtiyozlar
10 yoshgacha (jo‘nash vaqtiga yoshi to‘lgani ham) bo‘lgan bolalarga poezdda yurishlari uchun bolalar chiptalari beriladi va quyidagi imtiyozlar beriladi:
Yo‘lovchi o‘zi bilan birga yo‘lovchi tashish poezdida yo‘l haqi to‘lamasdan 5 yoshgacha (jo‘nash vaqtiga yoshi to‘lgani ham) bitta bolani alohida joy berilmasdan olib yurish huquqiga ega. 5 yoshgacha bolaga chipta rasmiylashtirish yo‘l haqi to‘lamasdan ota-onalar birining chiptasiga asosan amalga oshiriladi.
5 yoshgacha (jo‘nash vaqtiga yoshi to‘lgani ham) ikkinchi bolani yo‘l haqi to‘lamasdan yurishiga, alohida joy taqdim qilinmasdan, poezdda yurish ikkala ota-ona tomonidan amalga oshirilayotganda yo‘l qo‘yiladi. Bunday holatda bolaga yo‘l haqi to‘lanmaydigan chipta har bir ota-ona chiptasiga bittadan rasmiylashtiriladi.
Yo‘lovchi bilan bittadan ortiq 5 yoshgacha (jo‘nash vaqtiga yoshi to‘lgani ham) bolalar ketayotgan bo‘lsa, ulardan biri yo‘l haqi to‘lanmasdan, qolganlari – tarif qiymatidan ellik foiz chegirma bilan alohida joy taqdim qilinib tashiladi.
5 yoshdan 10 yoshgacha (jo‘nash vaqtiga yoshi to‘lgani ham) bolalarga ham tarif qiymatidan ellik foiz chegirma bilan alohida joy beriladi.
10 yoshdan oshgan bolalar uchun chiptalar kattalar sifatida sotib olinadi.
16 yoshgacha bolalarning ota-onalari hamrohligisiz yo‘lovchi tashish poezdlarida yurishlariga yo‘l qo‘yilmaydi, maktab, litsey, kollejga borish uchun temir yo‘l transportidan foydalanuvchi o‘quvchilar bundan mustasno.
O‘tirish joylariga ega umumiy vagonda, bolalar chiptasiga ega bo‘lgan har bir bolaga katta yoshdagi yo‘lovchilar kabi joy taqdim qilinishi kerak.
Bepul yoki bolalar chiptasi bilan tashilayotgan bolalar yoshiga nisbatan shubhalar tug‘ilganda, nazorat qiluvchi shaxs yo‘lovchidan bola yoshini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni (tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, ota-onalari pasportidagi yozuv va hokazolar) taqdim qilinishini talab qilishi mumkin.
Agar chiptalarni birinchi marta tekshirish vaqtida nazorat qiluvchi shaxsda bunday shubhalar tug‘ilmagan bo‘lsa, keyingi tekshirishlarda nazorat qiluvchi shaxslar va yo‘lovchilar orasidagi bolalar yoshi borasida bahslarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Temiryo‘llarda bepul yurish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar
Sovet Ittifoqi Qahramonlari va Shon-shuhrat ordenining uchinchi darajasi bilan taqdirlangan shaxslarga;
yarador bo‘lgan harbiy xizmatchilar, ishchilar va xizmatchilardan 1 va 2-guruh urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
Chernobilь AES dagi avariyani bartaraf etuvchilari-nogironlariga (O‘zbekiston Respublikasi hududida).
Imtiyozli chipta olish uchun chipta kassasiga chegirma olish huquqini beruvchi quyidagi tegishli hujjatlar taqdim qilinishi kerak: «Urush nogironi guvohnomasi», «Urush qatnashchisi guvohnomasi» yoki «Imtiyoz huquqi to‘g‘risida guvohnoma».
Kupon va guvohnoma taqdim etish evaziga yilda bir marta poezd chiptasining umumiy qiymatidan 50 foizlik chegirma huquqi III guruh nogironlariga, urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga beriladi
10 va undan ortiq odamlar sonidan iborat tashkil qilingan guruhlar chiptalarining umumiy qiymatidan jamoaviy chipta bo‘yicha chegirmalar taqdim qilinadi:
harakat yo‘nalishining umumiy masofasi 2000 km gacha bo‘lganda (boshqa poezdga o‘tishni hisobga olib)
guruhdagilar soni 10 nafardan 24 nafargacha bo‘lganda chiptalarning umumiy to‘liq qiymatidan 10%
guruhdagilar soni 25 nafar va undan ortiq bo‘lganda chiptalarning umumiy to‘liq qiymatidan 15%
harakat yo‘nalishining umumiy masofasi 2000 km dan ortiq bo‘lganda (boshqa poezdga o‘tishni hisobga olib)
guruhdagilar soni 10 nafardan 24 nafargacha bo‘lganda chiptalarning umumiy to‘liq qiymatidan 20%
guruhdagilar soni 25 nafar va undan ortiq bo‘lganda chiptalarning umumiy to‘liq qiymatidan 30%