Tashuvchi ob’ektlar toifalari





Qo‘l yuki - o‘z o‘lchamlari va vazniga ko‘ra (uzunligi, eni va balandligi o‘lchovi yig‘indisi bo‘yicha 180 sm dan, qoidaga ko‘ra vazni 36 kg dan (ikki yotoqli vagonlar uchun - 50 kg dan) oshmaydigan bo‘lishi kerak) o‘ram turi va xilidan qat’i nazar, engil ko‘tarib yuriladigan, yo‘lovchi vagonlarida ularni joylashtirish uchun mo‘ljallangan joylarga qiyinchiliksiz joylashtiriladigan yuklar va buyumlar.




Bagaj - yo‘lovchiga shaxsan tegishli bo‘lgan, unga poezdda yurishi tugagach zarur bo‘lgan va tashish uchun bagaj vagonida chipta bo‘yicha qabul qilinuvchi buyumlar.



Yuk bagaji - yo‘lovchilar va pochta-bagaj poezdlarida tashiladigan temir yo‘l tashishlari ob’ektlari.



Qo‘l yuki va bagaj orqali tashishda ko‘rik paytida olib ko‘yilmaydigan cheklangan miqdorlardagi maishiy maqsaddagi moddalar va buyumlar
sirka (bitta yo‘lovchiga 0,5 litrdan ko‘p emas);
alkogolli ichimliklar;
xizmat maqsadlarida tashiladigan spirt, tamg‘a raqami ko‘rsatilgan holda korxona (tashkilot) ma’lumotnomasi bilan tasdiqlanadigan, germetik yopilgan va tamg‘alangan idishlarda ikki litrdan ortiq bo‘lmagan miqdorda tashiladi;
germetik idishda va o‘ramda tashiladigan tez alangalanadigan suyuqliklar;
atseton;
neftь mahsulotlari namunalari;
metalatsetat (metil efiri);
uglerod sulьfid;
efirlar;
pardoz-andoz vositalari, shu jumladan tirnoq uchun laklar, laklarni ko‘chirish uchun suyuqliklar, soch uchun suyuqliklar, shuningdek spirt-lok asosidagi havoni tozalovchi suyuqliklar;
gazli zajigalkalar va zajigalkalar uchun gazli ballonchalar (bitta yo‘lovchiga 2 ta ballonchadan ortiq emas);
buklama (fiksatorsiz) yo‘l pichoqlari va qayirma pichoqlar;
simobli tibbiyot termometrlari (gradusniklar) (bitta yo‘lovchiga 1 donadan ortiq emas);
standart g‘ilofdagi simobli tonometrlar (bitta yo‘lovchiga 1 donadan ortiq emas);
jo‘natuvchining tamg‘asi bilan maxsus germetik konteynerlarda joylashtirilgan simobli barometrlar va manometrlar.