Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi





Nizom bilan paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi belgilandi.




Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislar 4 yilda kamida 1-marta malaka oshirishlari shart.




Mutaxassislarning kasbiy bilimi, ko‘nikmasi va mahoratini oshirish, zamon talablariga muvofiq ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.




Mutaxassislarni qayta tayyorlash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:


pedagogik qayta tayyorlash;
kasbiy qayta tayyorlash;
maxsus o‘quv kurslarda o‘qitish.

Mutaxassislarning malakasini oshirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:


to‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka oshirish (ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qitish);
ilmiy-tadqiqot muassasasida tajriba orttirish;
xorijda tajriba orttirish;
mustaqil o‘qib bilim orttirish;
masofaviy ta’lim.

Tinglovchilar qayta tayyorlash va maxsus o‘quv kurslari ta’lim dasturlarini o‘zlashtirib bo‘lgandan so‘ng Institut tomonidan attestatsiyadan o‘tkaziladi.