Boksni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari





Boks bo‘yicha oliy sport mahorati maktablari tashkil etiladi.




Boks maktablari faoliyati iqtidorli yosh sportchilarni tanlab olish va ularni asosan milliy terma jamoalarga tayyorlashga yo‘naltiriladi.




O‘qish 7-sinfdan tashkil etiladi, ta’lim olish muddati 5 yil etib belgilanadi.



Qaror bilan Boksni 2025-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi hamda uning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.




Unga ko‘ra, 2025-yilgacha quyidaligilarni amalga oshirish belgilangan:


sport ta’lim muassasalaridagi boks bilan muntazam shug‘ullanadigan o‘quvchilar sonini 27 minggacha etkazish;
kelgusi 5 yil ichida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida 7 ta boks zallarini tashkil etish;
boks bo‘yicha terma jamoalarning 46 ga yaqin xalqaro sport musobaqalarida ishtirokini ta’minlash.

Boksni 2025-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi.



Boksni 2025-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini 2021-2022-yillarda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi».



Boksni 2025-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari.