Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish





Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish




Xizmat tavsifi: Ko‘chmas mulk ob’ekti mulkdorlari yoxud ushbu ob’ekt bo‘yicha ashyoviy huquqlar egalari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning vakolatli vakillari ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelgan, boshqa shaxsga o‘tgan, cheklangan yoki bekor bo‘lgan yoki ko‘chmas mulk ob’ektining huquqiy holati o‘zgargan kundan boshlab bir oy muddatda ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishlari shart.



Bu qanday ishlaydi?


Ariza beruvchi YaIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ko‘chmas mulk ob’ektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va yig‘im summasi ko‘rsatilgan xabarnomani arizachiga yuboradi
Arizachi yig‘imni to‘laydi va reestrdan ko‘chirmani yuklab oladi

Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi



Bog‘lanish: +998 71 276-36-96, +998 71 276-91-75



Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar: Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun huquqiy asos bo‘lgan hujjatning skan nusxasi (notarial shartnoma, sud qarori va boshqalar)



Xizmatni ko‘rsatish muddati: 2 ish kuni davomida



Tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son «Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarori.



Xizmat narxi: Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish narxlari


Xizmatdan foydalanish*



* Ushbu xizmatdan foydalanish uchun siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirishingiz kerak.