Yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasini tiklash uchun ariza yuborish


Yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasini tiklash uchun ariza yuborish



Bu qanday ishlaydi?

1. Arizachi YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi, ariza shaklini to‘ldiradi va vakolatli organga tegishli hujjatlarni ilova qilib yuboradi.



2. Vakolatli organ ilova qilingan hujjatlarni tekshiradi va arizachiga imtihonlarga kirishi yuzasidan xabarnoma yuboradi.




12 oy davomida avtotransport vositasini boshqargan shaxs quyidagi hujjatlarni taqdim etgan holda, haydovchilik guvohnomasini imtihonlarsiz tiklash imkoniga ega:


avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi qayd etish guvohnomasi;
ishonchnoma yoki ijara shartnomasi (mavjud bo‘lsa)
transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta polisi.
haydovchilik bilan shug‘ullansa - ishxonadan ma’lumotnoma.

12 oy davomida avtotransport vositasini boshqarmagan shaxs, quyidagi hujjatlarni taqdim etgan holda, nazariy va amaliy imtihonlardan o‘tishi lozim:


083 tibbiy ma’lumotnoma;
haydovchilarni tayyorlash o‘quv maktabini bitirganlik to‘g‘risidagi hujjat.

Xizmatni ko‘rsatish muddati: 3 kun mobaynida



Xizmat narxi: 0.09 BHM