Xorijiy fuqarolarning O‘zbekistonda ishga joylashishi uchun tasdiqnoma berish





2018-yil 1 dekabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni olish (berish) bo‘yicha yagona tartib-taomilni saqlagan holda yuqori malakali va malakali chet ellik mutaxassislarga nisbatan xorijiy ishchi kuchini jalb qilishga ruxsatnomalarni olish (uzaytirish) zaruriyati haqidagi talab bekor qilinadi.



Yuqori malakali chet ellik mutaxassislarga tasdiqnomalarni rasmiylashtirish va berish (uzaytirish) uchun BHMning 1 baravari miqdorida, malakali chet ellik mutaxassislarga — BHMning 2 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
Yuqori malakali va malakali chet ellik mutaxassislarga berilgan tasdiqnomalarning amal qilish muddati ariza beruvchining istagiga ko‘ra ular berilgan kundan boshlab cheksiz miqdorda, biroq har bir holatda 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatgacha uzaytirish imkoniyati bilan 3 yilgacha bo‘lgan muddatni tashkil qiladi.
Yuqori malakali mutaxassislar deb quyidagi chet el fuqarolari tan olinadi.
Tasdiqnomani olish uchun arizaga ilova qilinadigan hujjatlar.

2018-yil 1 dekabrdan boshlab investitsiya kiritish vaqtida O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan BHMning 8500 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda xo‘jalik jamiyatlarining aktsiyalari va ulushlarini sotib olish, shuningdek, xorijiy korxona tashkil etish shaklida O‘zbekiston Respublikasiga investitsiya kiritgan chet el fuqarolari hech qanday ruxsat beruvchi tartib-taomillarni o‘tmagan holda mazkur tashkilotning istalgan lavozimida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega.



O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining tasdiqnomasiz mehnat faoliyatini olib borish taqiqlanadi.