Bu qanday ishlaydi?
Xizmatdan foydalanish uchun foydalanuvchi tomondan tegishli xizmat turi, qabul sanasi, vaqti, FHDYo organi tanlash orqali tegishli ariza shakli to‘ldiriladi va yuboriladi.
Ariza qabul qilinganidan so‘ng, FHDYo mudirasi tanlangan sanada fuqaroni qabul qilishi lozim. Agarda ko‘rsatilgan vaqtda murojaat etuvchi kelmagan taqdirda, umumiy tarzda qabul qilinadi. O‘z navbatini boshqa shaxsga berish mumkin emas.
Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Bog‘lanish: Call markaz: 1008
Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar
Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar: Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limiga tashrif buyurganda shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi
Xizmatni ko‘rsatish muddati: Avtomatik tarzda
Xizmat narxi: Bepul