Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etuvchi organlar





FHDYo organlari – tuman va shahar FHDYo bo‘limlari, nikoh uylari hamda Davlat xizmatlari agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari FHDYo arxivlari.



Fuqarolik holati dalolatnomalari tuman va shaharlarda FHDYo bo‘limlarida qayd etiladi, shaharcha, qishloq va ovullarda esa, o‘lim — fuqarolar yig‘ini raislari (oqsoqollari) tomonidan ham qayd etilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yoki vaqtincha yashovchi fuqarolarining fuqarolik holati dalolatnomalari konsul tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qayd etiladi.