Ayollarga tuqqunga qadar 70 kalendarь kun va tuqqanidan keyin 56 kalendarь kun (tug‘ish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tug‘ilgan hollarda 70 etmish kalendarь kun) homiladorlik va tug‘ish ta’tillari beriladi hamda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lanadi.
Homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugaganidan keyin ayolning xohishiga ko‘ra, unga bolasi 2 yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash uchun ta’til berilib, bu davrda nafaqa to‘lanadi.
Ayolning xohishiga ko‘ra bolasi 3 yoshga to‘lgunga qadar ham ish haqi saqlanmaydigan qo‘shimcha ta’til berilishi mumkin.
Bolani parvarishlash uchun beriladigan ta’tillardan bolaning otasi, buvisi, buvasi yoki bolani amalda parvarishlayotgan boshqa qarindoshlari ham to‘liq yoki uni qismlarga bo‘lib foydalanishlari mumkin.
Ayol yoki bola parvarishi ta’tilidagi shaxslar o‘z xohishlariga ko‘ra, bolani parvarishlash ta’tili davrida to‘liq bo‘lmagan ish vaqti rejimida yoki ish beruvchi bilan kelishib, uyda ishlashlari mumkin. Bunda ularning nafaqa olish huquqlari saqlanib qoladi.
Bolani parvarishlash ta’tillari davrida ayolning ish joyi saqlanadi. Bu ta’tillar mehnat stajiga lekin hammasini jamlaganda ko‘pi bilan 6 yil, shu jumladan mutaxassisligi bo‘yicha ish stajiga ham qo‘shiladi.
Bolani parvarishlash ta’tillarining vaqti, basharti jamoa shartnomasida, korxonaning boshqa lokal hujjatida yoxud mehnat shartnomasida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, keyingi haq to‘lanadigan yillik ta’til olish huquqini beradigan ish stajiga qo‘shilmaydi.