Notarial xizmatning soddalashtirilgan tavsifi:
Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv (aliment miqdori, shartlari va to‘lash tartibi) aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs bilan aliment oluvchi o‘rtasida tuziladi. Agar aliment oluvchi muomalaga layoqatsiz bo‘lsa, kelishuv uning qonuniy vakili bilan tuziladi.
Xizmatni olish uchun zarur bo‘lgan ho‘jjatlar ro‘yxati, nusxalari soni va asl hujjatlarni taqdim etish zarurligi ko‘rsatilgan:
1. Fuqarolarning shaxsi quyidagi hujjatlarga asosan aniqlanadi:
- O‘zbekiston fuqarolarining shaxsi — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti;
- 16 yoshga to‘lmagan fuqarolarning shaxsi — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
- harbiy xizmatchilarning shaxsi — harbiy qismlar va harbiy muassasalar qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnomalar yoki harbiy biletlar (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy bileti bundan mustasno);
- chet el fuqarolarining shaxsi — ularning milliy pasporti (qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari tegishli ichki ishlar organlari tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoxud diplomatik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya - qilinganligini tasdiqlovchi akkreditatsiya kartochkasi;
- fuqaroligi bo‘lmagan shaxs uchun — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi.
2. Tomonlarning aliment majburiyatlari bo‘yicha qarindoshligini tasdiqlovich hujjat .
3. Daromad va (yoki) boshqa daromad tasdiqlovchi hujjatlar.
4. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat bilan kadastr fayli (kadastr pasporti) / Davlat yo‘l harakati xavfsizligi inspektsiyasining transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomasi (ro‘yxatga olish guvohnomasi) (Kelishuv bo‘yicha aliment to‘lash usuli va tartibi mol-mulk berish yoki boshka usullar bilan amalga oshirilgan hollarda).
Notarial harakatni ishtirokchilari:
Bir tarafdan:
Aliment to‘laydigan shaxs.
Boshqa tarafdan:
Aliment oluvchi va (yoki) uning qonuniy vakili.
Muomalaga layoqatsiz/muomala layoqati cheklangan/voyaga etmagan shaxslar bitim ishtiroqchilari bo‘lsa Vasiylik va homiylik organlarining xodimi.(zarur hollarda)
Izoh: Zarur bo‘lsa, shartnomada tarjimon ishtirok etishi mumkin.
Xizmatni olish narxi
Nikoh shartnomasini notarial tasdiqlash, ularga o‘zgartirishlar kiritish yoki bekor qilish davlat boji undirilmaydi.
Xizmatni olish muddati: 60 daqiqagacha
Xizmatni olishning yakuniy natijasi: Aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuv
Boshqa shartlar va talablar:
Oila kodeksining 131-modda. Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuvning shakli
Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv yozma shaklda tuzilib, notarial tartibda tasdiqlanishi lozim.
Aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuv tuzishning qonunda belgilangan shakliga rioya qilmaslik, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan oqibatlarga olib keladi.
Notarial tartibda tasdiqlangan aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv ijro varaqasi kuchiga ega bo‘ladi.
133-modda. Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuvga binoan to‘lanadigan alimentlar miqdori
Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuvga binoan to‘lanadigan alimentlarning miqdorini taraflar shu kelishuvda belgilaydilar.
Voyaga etmagan bolalarga aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuvga binoan to‘lanadigan alimentning miqdori aliment sud tartibida undirilganda bolalar olishi mumkin bo‘lgan miqdordan kam bo‘lmasligi kerak.