Davlat tibbiy-sanitariya xizmatlarining kafolatlangan hajmi doirasida quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlaydi:
shoshilinch, kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatish;
sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida va qator davlat davolash-profilaktika muassasalarida, avvalo, qishloq joylarda tibbiy xizmat ko‘rsatish;
qator yuqumli kasalliklarga qarshi aholini immunlashtirish va vaktsinatsiyalash;
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan va atrofdagilar uchun xavf tug‘diradigan kasalliklar (sil, onkologik, ruhiy, narkologik, endokrinologik kasalliklarga chalingan bemorlar va kasb kasalliklariga chalingan shaxslar) bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam;
bolalarni tekshiruvdan o‘tkazish va davolash (pulli shifoxonalardan tashqari);
15-17 yoshli o‘smirlar va chaqiruv komissiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha chaqiruv yoshidagi (18-27 yoshli) shaxslarni tekshiruvdan o‘tkazish va davolash;
tug‘ruq vaqtida yordam beradigan xizmatlarni ko‘rsatish (pulli muassasalardan tashqari);
imtiyozli toifaga mansub bemorlar (nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush faxriylari, to‘liq etimlar)ni davlat davolash-profilaktika muassasalarida davolash.