Barcha ota-onalar ham farzandini o‘zidan ko‘ra yaxshi, aqlli, mehribon va kuchli bo‘lishini xohlaydi. Shu sababli ota-ona maqomiga erishgan kundan boshlab barcha tajribalarni amalda sarflashga harakat qiladi.
Ularning bor kuchi, vaqti va sabr-toqatiga qaramay, ba’zi bir yaxshi niyatda qilingan harakatlar aksincha ish berishi mumkin. Shu orqali bolaga zarar yetishi ham hech gap emas.
Bolaga uning muammolari ahamiyatsizligini anglatish
Bola jazavaga tushgan paytda uni chalg‘itish
Bola yig‘lashni boshlagan paytda har qanday yo‘l bilan uni to‘xtatishga harakat qilinadi. Shirinlik, o‘yinchoq va hokazo. Darrov bu harakat bolaga ijobiy ta’sir o‘tkazadi, u nima sababdan yig‘laganini unutadi.
Hammasi joyidaga o‘xshaydi. Ammo tuyg‘ular doim chiqish yo‘lini izlaydigan energiya sanaladi. Salbiy his-tuyg‘ularni bostirish oson bo‘lar, lekin ular vaqtinchalik. Birozdan so‘ng bola yana o‘z xarxashasini boshlashi tabiiy.
Kelajakda bola tez-tez xafa bo‘lsa, demak, uni avvallari shunday paytda doimo chalg‘itishga harakat qilingan. Bolaga kattalar huzurida yig‘lash, so‘ngra yupanish, qilmishlarining sababi va oqibatini tahlil qilish uchun imkoniyat berish zarur.
Bola psixikasini rivojlantirish uchun ushbu yondashuv ko‘proq foyda beradi. Shu tarzda kichkintoylar ham his-tuyg‘ularni tushunishga, boshqarishga va kelajakda g‘azablanishdan qochishga yordam bergan bo‘lasiz.
Bolani narsalarni bo‘lishishga majburlash
Yosh bolalarda bunday yetuk fikr mavjud emas. Shu sababli saxiylik va qandaydir bo‘lishishlar ota-onalar talabiga ko‘ra paydo bo‘ladi. Masalan, biror narsa olish uchun evaziga biror o‘yinchoqni almashtirish. Bola bunday vaqtda faqat onasining xohishi uchun narsalarini bo‘lishsa, albatta, yomon.
Faqatgina shaxsiy namuna va hayotiy tajriba buyumlarni boshqalar bilan chin dildan bo‘lishishga o‘rgatadi. Ammo bolaning o‘z narsasini bermaslik huquqini kattalar tan olishi kerak va bo‘lishish istagi paydo bo‘lishi uchun turtki berish kerak xolos. Shu tarzda bolajonlar “saxiylik darsini” to‘g‘ri o‘rganishi mumkin.
Bolaning tishlashi va urishiga javob qaytarish
Odatda bolalar eng sevimli insoniga ozor berishni yaxshi ko‘radi. Masalan ona bolasiga multfilm ko‘rishga ruhsat bermasa, onasini tishlaydi yoki uradi. Bunday vaqtda bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini kuchaytirib yubormaslik uchun bunday xatti-harakatlarni, albatta, e’tiborsiz qoldirmaslik kerak.
Ota-onalar orasida esa keng tarqalgan tushuncha bor: agar bola tishlasa, uning o‘ziga ham xuddi shunday javob qaytarish kerak. Kelajakda u zarar berganini tushunib, bu ishni qilishga odatlanmaydi.
Biroq bu bolaga turlicha ta’sir qilishi mumkin. Masalan, aksincha, bu harakat bolaga tishlash va urish mumkinligini namoyon qiladi. Umuman olganda bu holat bolalarda hamdardlikni keltirib chiqarmaydi.
Ehtimol, bola chindan ham tishlashni bas qilar, ammo faqatgina qo‘rquv tufayli. Lekin uning xayolida qasos olish paydo bo‘lishi mumkin. Keyinchalik bu tuyg‘u ko‘proq ota-onaga zarar beradi.