Oilaviy munosabatlarni buzilishi sabablari

Oilaviy munosabatlarda mojaro kelib chiqqanda uning ishtirokchilariga bu muammo o‘ziga xos, noyob masaladek bo‘lib tuyuladi. Biroq oilaviy munosabatlarni tahlil qilib chiqqan terapevtlarning tajribasi buning aksidan dalolat beradi.

Qoida bo‘yicha munosabatlardagi inqiroz oiladagi juftlik quyidagi yettita ssenariyning birida «rol ijro eta» boshlagandan so‘ng yuzaga keladi. Bunda mojaroga aynan nima sabab bo‘lganligi va ularning qanchadan buyon birga yashayotganligi ko‘p ham ahamiyatga ega bo‘lmaydi.


Oilaviy juftlikning har biri ikkinchisi uchun uning butun dunyosiga aylansa, munosabatlar mustahkam va barqaror bo‘ladigandek tuyuladi. Aslida esa erkak va ayol bir-biriga juda bog‘lanib qolgan juftliklar munosabatida inqiroz tezroq yuzaga keladi.

Ular bir-biri uchun ham suyukli yor, ham do‘st, ham ota-onaning o‘rnini bosishga harakat qiladi. Bunday hayot tarzida begona insonlar va hodisalar uchun joy bo‘lmaydi. Biroq bunday vaziyat bir umr davom etmaydi.

Farzand tug‘ilishi yoki yangi ish kabilar ulardan birining e’tiborini o‘ziga torta boshlaydi. Har qanday yopiq hududda vaqt o‘tishi bilan «havo yetishmay» boshlaydi. Ana shunda inqiroz yuzaga keladi.


Men xohlagandek inson bo‘l


Sevishganlarning ko‘pchiligiga ular bir-birini «yarim qarashdan» tushunadigandek bo‘lib tuyuladi. Shuning uchun ular muloqot qilish va o‘zaro suhbatdan hech qanday naf ko‘rmaydi. Biroq vaqt o‘tishi bilan yonma-yon yashayotganligiga qaramasdan, bir-birini yaxshi bilmasligi aniq bo‘ladi.

Men seni qutqaraman

Bunday munosabatlar endi boshlangan paytda juda mustahkamdek bo‘lib ko‘rinadi. Er-xotin sevgan insoni uchun o‘zidagi har qanday muammoni hal eta oladigan, masalan, ichishni tashlash yoki ishda omadliroq bo‘lishga erisha oladigandek bo‘ladi. Bunda ulardan biri «qutqaruvchi» rolini o‘z zimmasiga oladi. Bunday munosabatlar ikki xil natija bilan tugashi mumkin:


«Qutqarilgan» inson unga xalaqit berib kelgan barcha ortiqcha narsalardan qutulgandan so‘ng, hayotining uncha yaxshi bo‘lmagan davriga guvoh bo‘lgan insondan qutulishga harakat qiladi. Qolaversa, uning yordami ham boshqa kerak bo‘lmay qoladi; «Qutqarilayotgan» inson o‘zgarmaydi va «qutqaruvchi» buning uchun o‘zini aybdor his eta boshlaydi. Oxir-oqibatda munosabatlarda inqiroz yuzaga keladi.

Bugungi kun bilan yasha


Singan piyolani tuzatib bo‘lmaydi

Oxirgi eng jiddiy xatolardan biri bu o‘rtada jiddiy mojarolar yuzaga kelsa yoki bir-biriga bo‘lgan qiziqish yo‘qolsa, buni o‘zgartirib bo‘lmasligiga ishonishdir.

Muammolarning nimada ekanligini tahlil qilish va ularni hal qilish orqali munosabatlarni saqlab qolish mumkin. Eng asosiysi, har qanday inqirozni va har qanday xatoni, agar juftlik bunga tayyor bo‘lsa, yengib o‘tish mumkin.