Bolani ozodalikga o‘rgatish uchun tavsiyalar

Qani endi bolangiz sizni hech javratmay o‘zi yuz-qo‘lini, tishlarini yuvsa, yotgan o‘rnini yig‘ishtirsa… Bu aksar ota-onalar uchun bir orzudek. Aslida, bolani ozodalikka o‘rgatish qiyin ish emas. Muhimi, o‘sha o‘rganadigan paytini o‘tkazib yubormaslik, shaxsiy ibrat ko‘rsatish va bolaga nisbatan to‘g‘ri usulni topish.


Nega bolalarimiz ozodalikka o‘rganishmaydi

Chunki ko‘pincha ularning ozodaligi bilan o‘zimiz shug‘ullanamiz. Burni oqayotgan bo‘lsa, bir necha bor «art» deb o‘ziga artirish o‘rniga o‘zimiz dastro‘molni olib shartta shu ishni qilib qo‘yaqolamiz. Boshqa ishlarda ham shu. Natijada bola o‘zi hech nima qilmaslikka o‘rganadi.

Agar sabr qilsangiz, bola, mayli, epchillik bilan bo‘lmasin, mayli siz istagan darajada bo‘lmasin, lekin o‘zi shu ishni qiladi. Demak, birinchi shart, bolaga o‘zi qilib ko‘rish imkonini bering.


Siz esa asabiylashib, bola ahamiyatsiz shu ishini qo‘yishini va istaganingizdek ozodalik bilan shug‘ullanishini talab qilayapsiz. Unda nima qilish kerak? Asta-asta o‘rgatib, buni odat darajasiga ko‘tarib borish lozim. Sportchilarni qarang, har bir harakatlarini tinimsiz mashg‘ulotlar yordamida maromiga yetkazadilar. Siz ham shunday, oz-ozdan, lekin har kuni ozodalik mashqini o‘tishingiz lozim.

Bolalarga ozodalikni yoqtirish kerak

Bolalarga ozodalikni yoqtirish kerak. Cho‘milib chiqqach, xushbo‘y hid taratishi, terisining yaltirashi naqadar yoqimli ekanini qayta-qayta ta’kidlang, kichkintoyga shu holatdan lazzatlanishi uchun sharoit yarating.


Ko‘chada iflos kiyimda yurgan odamlarni ibrat qilib ko‘rsating, ozoda bo‘lmagan insonning ishi yurishmasligi, muvaffaqiyatga erisholmasligi, falonchi kabi mashinasi, chiroyli uylari bo‘lmasligini ayting (o‘g‘il bolalar yoshligidanoq mashina haydashni, uy qurishni orzu qiladilar-ku). Shuningdek, mavzuga doir mul’tfil’mlar, kitoblardan ham foydalaning.

Ozoda bo‘lmasangiz boladan buni qanday talab qilasiz


Va albatta, bolani ozodalik yo‘lida qilgan har bir xatti-harakatini maqtang, e’tirof eting. Uning mayda muvaffaqiyatsizliklariga, ko‘ngildagidek amalga oshmagan ishlariga nisbatan sabrli bo‘ling. U birdaniga ozoda bo‘lib qolmaydi, ammo sarishta bo‘lish yaxshi ekanini kundan-kunga ko‘proq sezib boradi.