Sudga murojaat qilish – da’vo muddati




Sudga murojaat qilish muddati:




Fuqarolik sudiga murojaat qilish muddati:



umumiy da’vo muddati - 3 yil
maxsus da’vo muddatlari
sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishdan bo‘yin tovlayotgan mazkur shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish zarurligi haqidagi xulosasi qabul qilingan kundan e’tiboran bir sutka ichida beriladi. Xulosada davolash o‘tkaziladigan muddat ko‘rsatiladi.
yangi ochilgan holatlar bo‘yicha hal qiluv qarorini, ajrim yoki qarorni qayta ko‘rish haqidagi ariza hal qiluv qarorini, ajrimni yoxud qarorni chiqargan sudga ishda ishtirok etgan shaxslar yoki prokuror tomonidan beriladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar bunday arizani hal qiluv qarorini, ajrimni yoki qarorni qayta ko‘rish uchun asos bo‘ladigan holatlar ma’lum bo‘lgan kundan e’tiboran 3 oy muddat ichida berishi mumkin.

Iqtisodiy sudga murojaat qilish muddati:



umumiy da’vo muddati - 3 yil
maxsus da’vo muddatlari

Qarzdor kreditorning talablariga qarshi e’tirozini sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaning ko‘chirma nusxasi unga topshirilgan paytdan e’tiboran o‘n kunlik muddatda sudga tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etishga haqli.



Ishda ishtirok etuvchi shaxs da’vo arizasi yuzasidan da’voga qarshi e’tirozlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan yozma fikrini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yozma fikrning hamda ularda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillarni ish ko‘riladigan kungacha etib borishini ta’minlaydigan muddatda sudga yuborishga haqli.



Hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza hakamlik sudi hal qiluv qarorini ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmay berilishi mumkin.



Ma’muriy sudlarga murojaat qilish muddati



murojaat qilish umumiy muddati – 3 oy
alohida holatlarda -10 kun

Davlat ijrochisining qarorlarini, harakatlarini (harakatsizligini) g‘ayriqonuniy deb topish to‘g‘risidagi ariza (shikoyat) manfaatdor shaxsga o‘zining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida ma’lum bo‘lib qolgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida sudga berilishi mumkin.



Ariza (shikoyat) berishning uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan muddati sud tomonidan tiklanishi mumkin.